Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Alter Ego loyihasiga bergan intervyusida nima sababdan O‘zbekiston Prezidenti haqida tanqidiy maqolalar e’lon qilinmasligi haqidagi savolga javob berdi.
“Fikringizga qo‘shilmayman, tanqid qilishyapti. Yaqinda ‘Gazeta.uz’da bir maqola o‘qidim, tanqidiy. Nega Prezidentni tanqid qilishmaydi? Bu savol — menga emas. Demak, bunga sabab yo‘q. Bilmadim, biz barcha huquq va imkoniyatlarni beryapmiz. Masalan, nega siz tanqid qilmaysiz?”, — deydi Komil Allamjonov.
Boshlovchi esa ushbu savolga “Menga hammasi yoqyapti”, deb javob berdi.
“Demak, ko‘pchilikka yoqyapti”, — deya so‘zlarini yakunlaydi Allamjonov.
Izoh (0)