• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.32
    • RUB161.89
    • EUR14822.1
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Fotomaqola: Yaponiya 2020-yilgi Olimpiada o‘yinlariga qanday tayyorgarlik ko‘rmoqda?

    2020-yilning 24-iyul kuni Tokioda Olimpiada o‘yinlariga start beriladi.

    Musobaqa 42 ta sport obyektlarida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Ularning ayrimlari 1964-yilgi o‘yinlardan saqlanib qolgan, bundan tashqari yangi binolar ham qurilgan: ba’zilari faqat musobaqa vaqtida faoliyat yuritsa, qolgani kelajakni o‘ylab barpo qilingan.

    Quyida Yaponiyada tayyorgarlik qay darajada ketayotganini ko‘rib chiqamiz.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Tokio—1964 ga bo‘lgan hurmat va kelajak binolari

    Tokio—2020 Olimpiadasida 42 ta obyektdan foydalaniladi, bu esa rekord hisoblanadi. Rio—2016 va Pekin—2008 o‘yinlarida 37 tadan obyekt bo‘lgandi, London—2012 da esa — 31.

    Binolarning ko‘pi bir-biriga yonma-yon joylashgan, biroq alohida o‘yingohlar ham bor. Masalan: syorfing, basketbol va o‘q otish sporti uchun mo‘ljallangan arenalar. Arenalardan bir-biriga o‘tish muammosini esa mukammal transport tizimi hal qiladi: Tokioda 285 metro stansiyasi bor, arenalarning hammasi transport uzellariga yaqin joyda.

    Shahar markazidagi maydonlar shartli ikki hududga ajratilgan: “O‘tmish hududi” va “Tokio ko‘rfazi hududi”. Birinchisida 1964-yilgi o‘yinlarga oid bir nechta obyektlar bor, ikkinchisida esa shahar yarim asr ichida qay darajada rivojlanganini ko‘rsatuvchi zamonaviy binolar bo‘ladi. Ikki hudud chegarasida esa o‘tmish va kelajakni birlashtiruvchi timsol sifatida Olimpiya shaharchasi bo‘ladi.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    42 ta obyektdan — 8 tasi yangi, 24 ta avval qurilgan (ularning beshtasidan 1964-yilgi Olimpiada yoki undan avval ham foydalanilgan) va 10 tasi zamonaviy bino.

    Olimpiadadan keyin ham barcha maydonlardan foydalanishda davom etiladi. Xalqaro olimpiya qo‘mitasi Tokio musobaqadan keyin ham ushbu majmualardan foyda chiqara olish bo‘yicha boshqa shaharlarga o‘rnak bo‘lishiga umid qilmoqda. Zero, Rio—2016 Olimpiadasidan keyin tashlandiq holga kelgan maydonlar Olimpiadaning noxush reklamasiga aylangandi. Shundan keyin ko‘plab mamlakat va shaharlar Olimpiya o‘yinlarini o‘tkazishga qo‘rqib qolgandi. Balki, Tokio—2020 ushbu an’anani o‘zgartirar, garchi Yaponiyada ham musobaqa o‘tkazilishidan xursand bo‘lmayotganlar topilsa-da.

    Yaqinda Tokioning yuzga yaqin aholisi shahar markazida norozilik namoyishlarida qatnashdi. Ular Olimpiadaga qarshi chiqmoqda va musobaqaning budjetini oshirib yuborgan hukumatni tanqid ostiga olgan.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Moliyaviy tomondan haqiqatda muammolar bor: dastlab yaponlar 7 milliard dollardan kamroq pul ajratgandi, hozirda smeta 12,6 milliardga yetgan. Umumiy xarajat 20 milliardgacha borishi kutilmoqda, uning 70 foizini soliq to‘lovchilar qoplaydi.

    Biroq musobaqa bu xarajatlarni qoplashi mumkin: ijroqo‘m chiptalar sotuvida ajiotaj bo‘lishini kutmoqda va bo‘sh tribunalar bo‘lmasligini ta’kidlamoqda.

    Eski stadion buzildi, biroq yangisi bilan muammolar bor

    Fuqarolarning noroziligi Tokio—2020 obyektlari bilan ham bog‘liq.

    Tokio—1964 Olimpiya stadionining buzilishi ko‘pchilikka yoqmadi. Arena uning o‘rnida yangisini barpo qilish uchun buzib tashlandi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Tokio—2020 asosiy stadionining ilk loyihasini britaniyalik mashhur arxitektor Zaha Hadid (2016-yilda vafot etgan) ishlab chiqqan edi. Hadidda olimpiya binolarini qurish tajribasi bor edi, u Londondagi suv sporti Markazini loyihalagandi.

    Biroq loyihaning xarajati 2 milliard dollardan oshib ketdi va bu yaponlar uchun o‘ta qimmatlik qildi. Yangi variantning arxitektori yaponiyalik Kengo Kumo bo‘lib, u taqdim etgan loyihaning smetasi 1,25 millird dollarga teng.

    Kuma noodatiy materiallarni yaxshi ko‘radi, bu uning loyihalari nomlarida ham o‘z aksini topgan: “Toshli muzey”, “Plastmas uy”, “Buyuk bambukli devor”. Tokiodagi olimpiya stadioni tomining karkasi mamlakatning har bir perfekturasida uchraydigan kedr va tilog‘och daraxtidan qilingan. Yaponlar ingichka va ramziy detallarni yaxshi ko‘radi.

    Yangi Milliy stadionda (bu arenaning rasmiy nomi) ochilish va yopilish marosimlari, yengil atletika bo‘yicha musobaqalar hamda futbol bahslarining final o‘yini bo‘lib o‘tadi.

    Stadion yengil atletika musobaqalarida 68 ming muxlisni o‘z bag‘riga sig‘dira oladi, futbol o‘yinlarida esa bu sig‘im 80 mingtagacha yetadi. Arena klassik uslubda qurilgan (Hadid futuristik uslubni taklif qilgandi), ayni damda u 90 foizga tayyor va dekabr oyida bitadi.

    Tashkilotchilar olimpiya mash’alasi qayerga o‘rnatilishini hali ham sir tutmoqda. Ochilish marosimi qoidalariga ko‘ra, u arenaning istalgan qismidan ko‘rinib turishi kerak.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Qiziqarli arenalar ham bo‘ladimi?

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Nippon Budokan

    Sport turi: dzyudo, karate

    Qurilgan yili: 1964-yil.

    55 yil avval dzyudo olimpiya dasturlarida debyut qilgandi. Bino nomi “jang san’ati zali” deya tarjima qilinadi, biroq 14 ming muxlisga mo‘ljallangan maydon musiqaga ham begona emas. Bu yerda AC/DC, Queen, ABBA, Led Zeppelin va Kiss kabi jahon yulduzlari chiqish qilgan.

    Regoku Kokugikan

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Sport turi: boks.

    Qurilgan yili: 1985-yil.

    Sumo uchun mo‘ljallangan mashhur stadion 2020-yilda boks musobaqalarini o‘zida qabul qiladi. Maydon atrofida aylana bo‘ylab tribunalar joylashgan. Osma tom Ise ibodatxonasidagi muqaddas daraxtdan yasalgan.

    Stadionda yakkakurashlar uchun arena doimo bo‘lgan, 1946-yilgi istilo paytida maydon muz bilan qoplanib, chang‘i uchishga moslashtirilgan.

    Imperator saroyi

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Sport turi: yengil atletika (marafon, sportcha yurish).

    Qurilgan yili: 1457-yil

    Imperator saroyida marafon yugurish va sportcha yurish musobaqalarining marra chizig‘i bo‘ladi. Musobaqalarga tong otganda start beriladi, bunga sabab sportchilarni jaziramadan saqlash. Tiyeda qasrining hududi 1869-yildan imperatorlar qarorgohiga aylangan. Yog‘ochdan ishlangan konstruksiya bir necha bor yong‘in ichida qolgan, zamonaviy bino 1959-68 yillardagi yong‘indan keyin qayta tiklangan.

    Tokio xalqaro forumi

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Sport turi: og‘ir atletika

    Qurilgan yili: 1996-yil.

    Bu Marunouti biznes-kvartalida joylashgan Yaponiyadagi yirik kongress-markaz hisoblanadi. Binodan ko‘rgazmalar markazi sifatida foydalaniladi, unda konsert va konferensiyalar o‘tkazishga mo‘ljallangan zallar mavjud. Ularning eng kattasi 5 ming o‘ringa ega, aynan o‘sha yerda og‘ir atletika musobaqalari o‘tkaziladi.

    Tokio sport saroyi

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Sport turi: stol tennisi

    Qurilgan yili: 1954-yil.

    Sport saroyining tarixi boy: u erkin kurash bo‘yicha 1954-yilgi Jahon chempionati uchun barpo qilingan. O‘n yildan keyin u yerda Olimpiadaning gimnastika bo‘yicha musobaqalari o‘tkazilgan. 1991-yilda bino rekonstruksiyadan chiqqan va yapon madaniyatiga xos futuristik ko‘rinish olgan.

    Tatsumi xalqaro suzish markazi

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Sport turi: suv polosi

    Qurilgan yili: 1993-yil.

    Bino loyihasi Tabiat dizayni instituti tomonidan ishlab chiqilgan. 3,5 ming sig‘imli katta bo‘lmagan arena noyob dizaynga ega: futuristik tashqi ko‘rinishni ichkaridagi o‘ziga xoslik to‘ldirib turadi.

    Kolizey Ariake

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Sport turi: tennis

    Qurilgan yili: 1987-yil.

    Yaponiya ochiq chempionati va Toray Pan Pacific Open musobaqalarining markaziy korti tennis bo‘yicha asosiy o‘yinlarni o‘zida qabul qiladi. Kompleks 20 ming muxlisga mo‘ljallangan, markaziy kort esa 10 mingta tomoshabinni o‘z bag‘riga sig‘diradi.

    Ariake Arena

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Sport turi: voleybol

    Quriladigan yili: 2020

    Voleybol musobaqalari uchun 15 ming muxlisga mo‘ljallangan ixcham yangi arena qurilmoqda. Olimpiadadan keyin bu yer sport va madaniyat markazi bo‘ladi.

    Suv sporti Olimpiya markazi

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Sport turi: Suzish, suvga sakrash va sinxron suzish musobaqalari

    Quriladigan yili: 2020-yil.

    Bu ultrazamonaviy bino qolgan obyektlardan ancha narida qad rostlaydi. Atrofida katta hiyobon bor, arena 20 ming muxlisga mo‘ljallangan. Tokiodagi ko‘pchilik olimpiya stadionlari singari bu ham kamtarona dizaynga ega.

    Fudzi Spidvey

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Sport turi: veloshosse

    Qurilgan yili: 1965-yil.

    Mazkur trassa to‘rt bor Formula-1 bo‘yicha Gran-pri musobaqasini qabul qilgan. 1965-yilda qurilish ishlariga pul qolmagach, avvaliga mo‘ljal qilingan tuxumsimon shakl qisqartirib qo‘yilgan. Buning natijasida shosse o‘ziga xos halqa ko‘rinishini olgan.

    2007-yilda trassa zamonaviy standartlarga moslashtirilgan. Bu yerda velopoygachilar marrasi joylashadi.

    Saytama—2002

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Sport turi: futbol

    Qurilgan yili: 2001-yil.

    Futbol musobaqalari yettita maydonda o‘tkaziladi, biroq ularning ichida eng o‘ziga xosi “Saytama—2002” hisoblanadi. Arena Jahon Chempionati—2002 musobaqasi uchun barpo qilingan, Osiyodagi yirik stadionlardan biri 63 ming muxlisni o‘z bag‘riga sig‘dira oladi.

    Xalqaro ko‘rgazmalar markazi

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Qurilgan yili: 1996-yil.

    Matbuot markazi — Tokio—2020 binolariga o‘ziga xos qo‘shimcha. Bino ko‘rfaz qirg‘og‘ida joylashgan, uning o‘ziga xos tomoni — 8 qavat va 58 metr balandlikka ega anjumanlar zali. Titan panellar va oynadan iborat minora o‘girib qo‘yilgan to‘rtta piramidaga o‘xshaydi. Minora atrofida butun dunyoga mashhur haykaltaroshlik va rassomchilik asarlari mavjud.

    Tokiodagi obyektlarda sinov musobaqalari boshlanib ketdi. Hozirgacha beshkurash, eshkak eshish va syorfing bo‘yicha musobaqalar tashkil qilindi. “Adzinomoto” stadioni sentabr oyining oxirida Regbi bo‘yicha Jahon Chempionati—2019 musobaqasining ochilish o‘yiniga mezbonlik qiladi.

    O‘tmish va kelajakni birlashtirish g‘oyasi — yangilik emas, biroq bu an’ana va tarixini hurmat qiladigan, shunday bo‘lsa-da doim oldinga intiladigan Yaponiya madaniyatini yaqqol namoyon qiladi.

    “Sports.ru” materiali asosida tayyorlandi.

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

    05.08.2019, 17:46   Izoh (0)   72245
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Manchester Yunayted” 80 mln funtga himoyachi sotib oldi

    05.08.2019, 16:46

    “Liverpul” darvozaboni klubni tark etdi

    05.08.2019, 11:05

    “Yuventus” “Arsenal”ning taklifini rad etdi

    03.08.2019, 23:47

    Lionel Messi Argentina terma jamoasi o‘yinlaridan 3 oyga chetlatildi

    03.08.2019, 10:20

    Rasman: “Liverpul” va “Chelsi” o‘rtasidagi UEFA Superkubogi bahsini ayol hakam boshqaradi

    02.08.2019, 16:40

    Rasman: “Arsenal” 80 mln yevrolik transferini e’lon qildi

    01.08.2019, 22:12
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Chiroyli davlat raqami va 1 yillik transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasiga ega HAVAL


    Kapitalbank Top Employers Institute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    CAEx Mebel & Decor 2025 ko‘rgazmasi 13-15-sentyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  

     

    Tavsiya etamiz

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Braziliya tovarlariga 50 foiz boj solish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 10 iyul, 08:50

    Kanada va Meksika aholisining yarmidan ko‘pi AQSHni asosiy tahdid deb hisoblamoqda

    Dunyo | 10 iyul, 08:30

    Klublar o‘rtasidagi JCh. “PSJ” “Real”ni tor-mor etib, musobaqa finaliga yo‘l oldi (video)

    Sport | 10 iyul, 08:01

    “Joriy yil oxirigacha issiq suv va issiqlik taʼminoti to‘lovlari bir martadan ortiq oshirilmaydi” — Ilhom To‘rayev

    O‘zbekiston | 10 iyul, 08:00

    Latviya davlat xizmatchilarining Rossiya va Belarusiyaga borishini taqiqladi

    Dunyo | 10 iyul, 00:05

    Ozarbayjon va Rossiya o‘rtasidagi mojaro: nega bu ikki tomonlama ziddiyat Markaziy Osiyoda aks-sado bermoqda?

    Dunyo | 9 iyul, 23:45

    Joze Mourinyo sobiq shogirdini “Fenerbahche”ga olib kelmoqchi

    Sport | 9 iyul, 23:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.