Yoshlar o‘rtasida WBC yo‘nalishida sobiq Jahon chempioni polshalik bokschi David Kostetskining vafoti haqida tafsilotlar ma’lum bo‘ldi.
Polsat Sport’ning xabar berishicha, 38 yoshli sportchi Varshavadagi qamoqxonada o‘z joniga qasd qilgan.
Kosnetskiga birinchi marta 2011-yilda qamoq jazosi tayinlangandi. O‘shanda u 2,5 yilga ozodlikdan mahrum qilingandi. 2014-yilda esa bokschi ozodlikka chiqdi, biroq ko‘p o‘tmay o‘g‘irlangan avtomashinalarni legallashtirish ayblovi bilan yana hibsga olingandi.
Sportchining jazo muddati tugashiga qariyb ikki yil qolgandi.
Ma’lumot uchun, Kosnetski professional boksdagi debyut jangini 2001-yilda o‘tkazgandi. U umumiy hisobda 41 ta jang o‘tkazib, 39 tasida g‘alabaga erishgan bo‘lsa, 2 bor mag‘lub bo‘lgandi. Polshalik so‘nggi jangini 2014-yilda o‘tkazgandi. O‘shanda u Anjey Vaydaga mag‘lub bo‘lgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)