• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12668.14
    • RUB161.15
    • EUR14640.57
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Haftalik dayjest: Charchagan Avtotest, “xiyonatkor” hokimlar, blogerlar birdamligi va “Jasliq” zindonining yopilishi

    Hafta xabarlari garchi kontrastlarga boy bo‘lsa-da, umidbaxsh va ko‘tarinki ohangdagi yangiliklar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Dayjestimizni boshladik.

    31-iyul kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Belarus davlatiga bordi. Belarus bosh vaziri tomonidan kutib olingan Mirziyoyev Minskdagi G‘alaba monumentiga gulchambar qo‘ydi. So‘ng ikki prezident o‘tgan yili Shavkat Mirziyoyev sovg‘a qilgan o‘ymakor shiyponchada norasmiy suhbat qurdi.

    Foto: Belarus prezidenti matbuot xizmati

    1-avgust kuni esa Minskdagi Mustaqillik saroyida ikki prezident asosiy masalalarni, xususan, uchinchi mamlakatlar bozorlarini o‘zlashtirish maqsadida kooperatsiyani kuchaytirish hamda Belarus tajribasini hisobga olib Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi hamkorligi istiqbollarini muhokama qildi.

    Yevroosiyo ittifoqiga a’zolik masalasi yaqindan beri kun tartibiga chiqib, muhokama obyektiga aylanganini aytib o‘tish lozim.

    * * *

    Rishtonda amalga oshirilayotgan “buz-buz”lar va majburiy mehnat mamlakatning eng yuqori doirasigacha yetib bordi. 29-iyulda O‘zAda chop etilgan “Rishtonda uyi buzilishga tushgan har bir oilaga ko‘mak berilmoqda” nomli maqolada 27—28-iyul kunlari Farg‘ona viloyatining qator tumanlarida yo‘llarni kengaytirish, obyektlar qurish va obodonlashtirish ishlarini o‘tkazish uchun “Azot” AJ, “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi”, “Farg‘ona issiqlik energo markazi” MChJning 4500 nafar xodimini jalb etish orqali hashar o‘tkazilgani yozilgan. Shuningdek, viloyat hokimi Shuhrat G‘aniyevning velosipedda yurib ishlarni ko‘zdan kechirayotgani ham chop etildi.

    Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bu xildagi tadbirlar mehnat qonunchiligini to‘g‘ridan to‘g‘ri buzish va ommaviy ravishda mehnatga majburlash hisoblanishini e’lon qildi. Demokratiya va inson huquqlari instituti rahbari Sayyora Xo‘jayeva uylari “snos”ga tushgan, ammo pulini ololmagan rishtonliklarni himoyalab, “...Rishton tumanidan kelgan xabarga qaraganda, kompensatsiyalar to‘liq berildi degan ma’lumot, yolg‘on ekanligi ma’lum bo‘ldi! Kimni Farg‘ona viloyati hokimi aldayapti? Velosipedda yurib, populizm bilan shug‘ullanish o‘rniga, aholining pulini to‘liq bermaydimi?” deb yozdi.

    O‘zbekiston Respublikasi Xalq qabulxonasining yozishicha, rishtonlik 535 kishi jamoatchilik asosida ish bilan ta’minlandi, ular o‘z uyini yangidan qurmoqda. Barchasi “mard va tanti xalqning o‘z ixtiyori bilan bajarilyapti”.

    * * *

    Qariyb ikki yildan beri tanqidlarga nishon bo‘lib va monopollikda ayblanib kelayotgan Avtotest yuridik shaxslar haydovchilarini tayyorlash faoliyatini to‘xtatadigan bo‘ldi. Kompaniya saytidagi bayonotida Avtotest’chilarning asosiy maqsadi pul ishlash bo‘lmagani, ular biror marta daromad olmagani, daromadlari faqat rivojlanishga sarflangani va eng asosiy maqsadi yo‘llarda tartib saqlash orqali odamlar o‘limini kamaytirish ekani yozilgan. Shunday qilib, endi Avtotest yuridik shaxslar haydovchisini qayta tayyorlamaydi, faqat haydovchilikka o‘qitadi va qo‘llanmalar yaratadi.

    Foto: Avtotest

    Bu xabarni ko‘pchilik xursand qabul qildi. Ammo xursandchilik uzoqqa cho‘zilgani yo‘q. Chunki yuridik shaxslar haydovchilarining malaka oshirish majburiyati saqlanib qolgan. Xo‘sh, Avtotest bo‘lmasa, qayerda malaka oshirishadi? IIVning yozishicha, endi bu ish bilan mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti shug‘ullanadi.

    * * *

    O‘zbek afkor ommasi tomonidan istehzo va norozilik bilan qabul qilingan navbatdagi yangilik xotin-qizlarning jinoyatga moyil 23 toifaga ajratilishi haqida bo‘ldi. Bu toifalash mualliflari Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi hamda Xotin-qizlar qo‘mitasi deb yozilgan. Ro‘yxatda ilgari sudlanganlardan tortib, kam ta’minlangan, ro‘yxatsiz yashayotgan, tilanchilik qilayotgan, voyaga yetmagan, ishsiz, e’tiborga muhtoj xotin-qizlargacha sanalgan. Darhol ijtimoiy tarmoq faollari va saytlar qattiq e’tiroz berishlari ortidan Demokratiya va inson huquqlari instituti “Ayollarning 23 toifasi ro‘yxati” bo‘yicha ichki ishlar vaziri va Toshkent shahar hokimiga murojaat yo‘lladi. Unda vazir bilan hokimga o‘rinsiz va inson huquqlariga zid toifalashga oid beshta savol berilgan.

    Xotin-qizlar qo‘mitasi raisasi Elmira Bositxonova bu ro‘yxat tuzilishiga aloqasiz ekanini ta’kidlab, uning nomiga yo‘llanayotgan haqoratlarni to‘xtatishni so‘radi. Toshkent hokimligi xotin-qizlar qo‘mitasi raisi ushbu ro‘yxat tufayli bosh vazir o‘rinbosari Elmira Bositxonovadan uzr so‘radi. Ko‘p o‘tmay IIB ham noto‘g‘ri ishini anglab kechirim so‘radi.

    “Daryo” “Rais buva” bilan birgalikda mazkur ro‘yxatni hajv ostiga oldi.

    Illyustratsiya: “Daryo” / “Rais buva”

    * * *

    Hukumat 15-avgustdan boshlab yoqilg‘i, elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’moli uchun narx va tariflarni oshirayotganini e’lon qildi. Shunday qilib, Ai-80 markali avtomobil benzinining litri 4500 so‘m (4000 so‘m edi);

    dizel yoqilg‘isi 5400 so‘m (4800 so‘m edi); EKO dizel yoqilg‘isi 5700 so‘m (4900 so‘m edi) bo‘ladi.

    Ai-91 markali benzin narxi erkinlashtiriladi. Birjadan olgan firma o‘zi xohlagan narxda sotaveradi.

    Endilikda hisoblagich bo‘lganda aholiga sotiladigan bir kubometr tabiiy gazning narxi 380 so‘mni tashkil etadi (hozir — 320 so‘m, +18,7 foiz). Hisoblagich bo‘lmaganda, pishirish va suv isitish uchun ishlatilgan gaz narxi 660 so‘m bo‘ladi (hozir — 553 so‘m, +19,3 foiz), isitish tizimi uchun esa — 380 so‘m (hozirda — 320 so‘m, +18,7 foiz).

    Aholi uchun beriladigan suyultirilgan gazning kilogrammi 1120 ga oshadi (hozir 950 so‘m). Turar-joy iste’molchilari uchun 1 kVt/soat elektr energiyasi 250 so‘mdan 295 so‘mga oshadi. Boshqa kategoriyadagi iste’molchilar uchun esa tarif qiymati 450 so‘m.

    * * *

    O‘tayotgan haftada blogerlar faolligini namoyish etuvchi holat kuzatildi, ularni shaxsan prezident tilga olgani ilhomlantirdi.

    2-avgust kuni taniqli bloger, “Troll.uz” loyihasi asoschisi Umid G‘afurov O‘zbekiston xalqi, hokim va vazirlarga videomurojaat yo‘llab, Buxoroda budjet tashkilotlari xodimlari Hazrati Imom qabristonidagi obodonlashtirish, qurilish va ta’mirlash ishlariga jalb etilayotganini ma’lum qildi. Majburiy mehnatga chaqirilganlar orasida uning onasi ham bor. Shundan so‘ng Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi holat yuzasidan tekshiruv boshladi. Xabar OAVda e’lon qilingach, mas’ullar azaliy usulni qo‘llab, uning onasini hokimlikka chaqirgan va xabarlarga qarshi matnni imzolashni so‘ragan. Buxoro viloyati hokimligi Umid G‘afurovning chiqishini oldi-qochdi gaplar, deb atab, dalil-isbot so‘rashga tushdi.

    Ko‘p sonli blogerlar Umid G‘afurov tomondaligini ko‘rsatib, qo‘llab-quvvatlovchi postlar yozdi.

    Shu kuni prezident Shavkat Mirziyoyev kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahliliga bag‘ishlangan videoselektorida hokimlarni qattiq uyaltirdi. “Qosh qo‘yaman deb ko‘z chiqardilaring, butun dunyoga sharmanda qildilaring. Qo‘lingdan kelmasa nima qilasan buzib? Buzishdan oldin o‘zingni kallangni buz”, dedi davlat rahbari. Xorazm, Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlari hokimlarining bu boradagi ishlarini “xiyonat” deb baholadi. “Kerak bo‘lsa, butun blogerlarning hammasini yig‘sin ular. Yig‘sin, blogerlarga o‘zlari hisobot bersin”, deb talab qildi prezident.

    Prezidentning ushbu so‘zlari ijtimoiy tarmoqlarda haqiqiy portlash effektini keltirib chiqardi. Ko‘plab memlar, hazillar, shuningdek, jiddiy fikrlar ijtimoiy tarmoqlarning o‘zbek segmentini to‘ldirib yubordi.

    “Daryo” ushbu fikrlar hamda memlarning bir qismini to‘pladi. Jamlanma bilan quyida tanishishingiz mumkin:

    “Blogerlar keldimi? Suz oshni!” Prezidentning blogerlar haqidagi gapiga ijtimoiy tarmoqlarning munosabati

    Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktor o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva O‘zbekistonda blogerlarga jurnalistlar kabi huquqlar berish taklif etilmoqda, deb yozdi. Biroq qator tahlilchilar fikricha, bu blogerlarni cheklov sari yetaklashi ehtimoli mavjuddir.

    * * *

    O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019-yilning 2-avgustida tarixiy qarorni imzolab, “Jasliq” qamoqxonasini yopishga qaror qildi. “Jasliq” qamog‘i ko‘p yillar davomida O‘zbekiston sha’niga noxush munosabatlarga sabab bo‘layotgan va xalqaro tashkilotlar uni yopishni so‘rayotgan edi.

    “Jasliq”.

    “Jasliq”.
    Foto: BBC

    Human Rights Watch (HRW) xalqaro huquqni himoya qilish tashkiloti vakili Stiv Sverdlov “Jasliq” yopilishini “fantastik yangilik” deb atab, “...O‘zbekistonning zo‘ravonlik bilan uyg‘un dunyoga dong‘i ketgan ayrim ishlari aynan ‘Jasliq’ bilan bog‘liqdir. Qamoqxonani yopish to‘g‘risidagi qarorini e’lon qilar ekan, prezident juda katta siyosiy jasorat namoyish etdi...”, dedi. AQShning O‘zbekistondagi sobiq elchisi Pamela Spratlen “...bu voqea o‘tmish bilan rishtalarni uzish uchun o‘ta kuchli va zarur ishora bo‘ladi. Yangi O‘zbekistonga ‘Jasliq’qa o‘xshash maskanlar kerak emas...”, deya munosabat bildirdi.

    “Daryo” yangiliklarini kuzatib boring. O‘zbekiston va dunyo xabarlaridan eng birinchi xabardor bo‘ling.

    04.08.2019, 18:59   Izoh (0)   76208
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    SSV: Onkodermatologiyada innovatsion tizim yaratilmoqda 

    04.08.2019, 18:37

    Majburiy mehnat ildizi qayerda?

    04.08.2019, 18:25

    MIB Bektemir tuman DSI foydasiga 2 mlrd so‘mdan ortiq qarzdorlikni undirib berdi

    04.08.2019, 17:53

    Farhod Ermanov: Sizlarga aziyat yetkazganimiz uchun afsus va iztirobdaman (video)

    04.08.2019, 17:20

    Qashqadaryo hokimi buzilayotgan uy ichidan baqirayotgan bolalar bilan bog‘liq hodisa qachon va qanday sodir bo‘lganini ma’lum qildi

    04.08.2019, 16:40

    Karim Bahriyev: O‘zbekistonning birinchi parlamenti aksariyat faol a’zolari mamlakatni tark etgan, qamoqqa tashlangan, bedarak yo‘qolgan yoki sirli ravishda vafot

    04.08.2019, 16:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes tur tashkillashtirdi 


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    American University of Technology: ikkita magistrlik diplomi va AQSHda o‘qish imkoniyati


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    InfinBANK AstraSend orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ymoqda


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi

     

    Tavsiya etamiz

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    16 iyun, 14:38

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Isroil Eron rahbariga Saddam Husayn taqdiri bilan tahdid qildi

    Dunyo | 17 iyun, 23:50

    Xitoy Markaziy Osiyo davlatlariga qariyb 210 mln dollar beg‘araz grant ajratadi

    Dunyo | 17 iyun, 23:30

    “Daryo” dayjesti: 17-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 17 iyun, 23:10

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Borussiya Dortmund” “Fluminense” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 17 iyun, 23:02

    Buxoroda chaqalog‘ini 10 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan onaga hukm o‘qildi

    O‘zbekiston | 17 iyun, 22:50

    Tramp AQSH kuchlari Eron havo hududini to‘liq nazorat qilayotganini bildirdi

    Dunyo | 17 iyun, 22:35

    Toshkentdagi “Sokin” podstansiyasida yuzaga kelgan nosozlik sabab uchta tumanda “svet” o‘chdi

    O‘zbekiston | 17 iyun, 22:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.