Toshkentda 23 yoshli fuqaro avtomashina egasining uxlab yotganidan foydalanib, salondan 1 800 AQSh dollarini o‘g‘irlab ketdi, deb xabar berdi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.
24-iyul kuni Toshkent shahri Yashnobod tumanida yashovchi 32 yoshli Z.A boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomashinasida Chilonzor tumanida joylashgan “Darmon servis” xususiy klinikasining avtoturargohida uxlab yotgan vaqtida, noma’lum shaxs avtomashina eshiklari ochiqligidan foydalanib, salonidan 1800 AQSh dollarini o‘g‘irlab ketgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Chilonzor tumani Qatortol 3-tor ko‘chasida yashovchi 23 yoshli R.M sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.
Izoh (0)