Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Kubogining 1/8 final bosqichi doirasida 4 ta uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
Vadim Abramov qo‘l ostidagi Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi o‘z maydonida Navoiyning “Qizilqum” klubini qabul qiladi. Bellashuv soat 18:00 da start oladi.
Eslatib o‘tamiz, “qaldirg‘ochlar” musobaqaning 3-bosqichida “Metallurg”ni 2:1 hisobida ma‘lubiyatga uchratgandi.
Mirjalol Qosimov boshliq Olmaliqning OKMK klubi esa “Mash’al”ga qarshi maydonga tushadi.
Ma’lumot uchun, OKMK va “Mash’al” jamoalari bunga qadar 19 ta bahsda o‘zaro to‘qnash kelgan. Mazkur qarama-qarshilikda “Mash’al” ustunlik qilmoqda. Olmaliqliklar 6 marta g‘alabaga erishgan, 4 marotaba durang qayd etgan bo‘lsa, 9 bor mag‘lubiyatga uchragan. To‘plar nisbati ham “Mash’al” foydasida: 20-23.
Shu kuni “So‘g‘diyona” o‘z uyida “Zomin” jamoasini sinovdan o‘tkazadi. Ikkala o‘yinga ham soat 20:00 da start beriladi.
O‘zbekiston Kubogi
1/8 final bahslari
3-avgust, shanba
“Oqtepa”—“Ittifoq-N” 18:00
“Bunyodkor”—“Qizilqum” 18:00
OKMK—“Mash’al” 20:00
“So‘g‘diyona”—“Zomin” 20:00
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)