AQShning Kaliforniya shtatidagi plyajlardan birida 2-avgust kuni qoyatosh quladi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”. Oqibatda 3 kishi halok bo‘lgan, yana 2 kishi jabrlangan.
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, voqea serferlar orasida mashhur bo‘lgan Grandview Beach plyajida yuz bergan. O‘sha paytda u yerda ko‘plab odamlar dam olayotgan bo‘lgan.
Bir ayol voqea joyida halok bo‘lgan, yana ikki kishi kasalxonaga yetkazilgan, ammo ularning hayotini saqlab qolinmagan. Jabrlanganlardan biri kasalxonaga yotqizilgan, ikkinchisi yengil jarohatlar olgan.
Politsya xavfsizlik nuqtayi nazaridan plyajni yopib qo‘ygan.
Izoh (0)