PSJ sobiq himoyachisi Dani Alves faoliyatini “San-Paulu” klubida davom ettiradi. Bu haqda Braziliya klubining rasmiy saytida xabar berildi.
36 yoshli futbolchi yangi klubi bilan 2022-yilning dekabr oyiga qadar shartnoma imzoladi. U 10-raqam ostida maydonda harakat qiladi.
Eslatib o‘tamiz, Alves 2017-yildan 2019-yilgacha Parijning PSJ klubi sharafini himoya qilib keldi. Bundan tashqari himoyachi karyerasi davomida “Yuventus”, “Barselona” va “Sevilya” klublarida ham to‘p surgan.
Qayd etish joiz, Dani Alves ortda qolgan mavsum Fransiya chempionatida 23 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi hamda 7 ta golli uzatma berishga erishdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)