• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12531.78
    • RUB159.82
    • EUR14538.12
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Mirishkorlik 3 nafar ayol tug‘uruq paytida shifokorlar aybi bilan vafot etgani aytilmoqda

    “Daryo” tahririyatiga Qashqadaryo viloyati, Mirishkor tumanining Jeynov qishlog‘ida yashovchi Nizom Abdullayevdan murojaat kelib tushdi. Murojaatchi 38 yoshli homilador singlisi tug‘uruqxonaga o‘z oyog‘i bilan kirib borib, shifokorlarning uquvsizligi oqibatida vafot etganini aytmoqda. Nizom Abdullayevning so‘ziga ko‘ra, tumanda aprel–iyun oylari davomida 3 nafar ayol tug‘uruq paytida shifokorlar aybi bilan vafot etgan.

    Mirishkor tumani tibbiyot birlashmasi tug‘uruq bo‘limi.

    Mirishkor tumani tibbiyot birlashmasi tug‘uruq bo‘limi.
    Foto: “Daryo”

    Voqea tafsilotlarini o‘rgangan “Daryo” muxbiri Otabek Qo‘ldoshevning aniqlashtirishicha, Nizom Abdullayevning singlisi, 38 yoshli Nodira Abdullayeva 25-aprel kuni Mirishkor tuman tibbiyot birlashmasida bachadon yorilib ketib, ko‘p qon ketishi natijasida 7 soatlik operatsiyadan so‘ng, kech soat 23:00 da joni uzilgan.

    — Singlim “roddom”ga o‘zi yurib kirgan, eng qizig‘i shifokorlar bachadoni yorilib, ko‘p qon ketgan degan “bemor” singlim yuqori qavatga ham o‘zi chiqqan, — deydi Nizom Abdullayev. — Uning ahvolini tekshirgan shifokor Jahongir Kamolov dastlab o‘zining ham, tug‘ilajak farzandining ham ahvoli yaxshi ekanligini aytib, o‘zi tug‘ishi lozimligini bildirgan. Singlim esa 13 yildan beri tug‘uruq jarayonini boshidan kechirmaganini, qo‘rqayotganini aytib operatsiya qilishlarini so‘ragan. Ammo shifokor o‘zi tug‘sin deb vaqtida operatsiya qilmagan. Ana shu vaqtida qilinmagan operatsiya singlimning o‘limiga sabab bo‘lmoqda.

    Nizom Abdullayev.

    Nizom Abdullayev.
    Foto: “Daryo”

    Marhuma Nodira Abdullayevaning opasi Dilorom Abdullayeva “Daryo” muxbiri bilan suhbati davomida singlisi 5–8-aprel kunlari shifokor Jahongir Kamolovning nazorati ostida tuman tibbiyot birlashmasida davolanib chiqqanini, o‘sha paytda ham singlisi shifokorga operatsiya qilishlari lozimligini bot-bot takrorlaganini aytmoqda.

    — Singlim 5–8-aprel kunlari tuman shifoxonasida davolanib chiqdi, — deydi Dilorom Abdullayeva. – O‘sha paytda ham shifokori Jahongir Kamolovga o‘zi tug‘ishga ko‘zi yetmayotganini, operatsiya qilishlari kerakligini aytardi.

    Dilorom Abdullayeva.

    Dilorom Abdullayeva.
    Foto: “Daryo”

    Dilorom Abdullayevaning ma’lum qilishicha, singlisi Nodira Abdullayeva o‘limidan bir kun oldin — 24-aprel kuni yana shifoxonaga, ko‘rikka borgan. Bemor ahvolini nazoratdan o‘tkazgan Jahongir Kamolov Nodira Abdullayevaga farzandi ham, o‘zi ham yaxshi ekanligini, agar og‘riq bermasa 6-maygacha kutishlarini va o‘sha kuni kelishini tayinlagan.

    — 25-aprel kuni tush payti kelinim qornida og‘riq turganini, shifoxonaga borishi kerakligini aytib, dodlay boshladi, — deydi marhumaning qaynonasi Gulchehra Abdullayeva. – Shu zahoti tez yordam chaqirdik.

    Jeynov shifoxonasi.

    Jeynov shifoxonasi.
    Foto: “Daryo”

    Aniqlanishicha, tez yordam mashinasi 13:48 da chaqirilgan bo‘lsa, chaqiruv joyiga 13:52 da chiqib ketgan. Tez yordam mashinasida Jeynov shifoxonasining akusher-ginekologi Nazokat Rahimova, hamshira Hilola Allamurodova hamda feldsher Zavqiddin Murodovlar kelgan va bemorga yordam ko‘rsatgan.

    — Bemor Nodira Abdullayeva bizning tug‘uruq bo‘limga 25-aprel kuni 15:35 da olib kelindi, — deydi Mirishkor tumani tibbiyot birlashmasi tug‘uruq bo‘limi boshlig‘i, shifokor Jahongir Kamolov. – So‘ngra UZIga tushirdik. Shunda bola nafas olmayotgani, nobud bo‘lganligi aniqlandi. Bemorning bachadoni ham yorilib, qon ketgani ma’lum bo‘ldi.

    Jahongir Kamolov.

    Jahongir Kamolov.
    Foto: “Daryo”

    Shu yerda voqeaning bir jihatiga e’tibor qaratishingizni so‘ragan bo‘lardik. Marhum bemor yaqinlari va hatto shifokorlar ham bemor tez yordam mashinasida olib kelinganda, yuqori qavatga o‘z oyog‘i bilan chiqqanini, hatto tug‘ilajak farzandi uchun atalgan kiyim-kechaklar solingan sumkani ham o‘zi ko‘tarib chiqqanini bildirishgan. Qiziq, bachadoni yorilib, qon ketayotgan homilador ayol mustaqil ravishda harakatlanishdan tashqari, zinapoyalardan tepa qavatga chiqishni eplay olarmikin?

    Mutaxassis shifokor Cho‘lli Choriyevning aytishicha, bachadoni yorilib, qon ketgan bemor yuqori qavatga o‘zi yurib chiqolmaydi.

    Mirishkor tumani tibbiyot birlashmasining Jeynov shifoxonasi vrach akusher-ginekologi Nazokat Rahimovaning ma’lumot berishicha, 25-aprel kuni birinchi yordam ko‘rsatilgan bemor Nodira Abdullayevning ahvoli qoniqarli darajada bo‘lgan. Sog‘lig‘ida xatar bo‘lmagan. Bemorda tug‘uruq jarayoni boshlangani sabab, qaltirash va qornida og‘riq borligi aniqlangan. Va shifoxona tez yordam mashinasida tuman tibbiyot birlashmasining tug‘uruq bo‘limiga yuborilgan.

    Nazokat Rahimova.

    Nazokat Rahimova.
    Foto: “Daryo”

    Demakki, har ikkala tomonning ham o‘zini oqlashi bemor Nodira Abdullayevaning bachadoni yo‘lda yorilgan degan taxminni yuzaga keltiradi. Binobarin shunday ekan, yana savol tug‘iladi: Tez yordam mashinasidagi mutaxassislar bemordagi o‘zgarishni ham sezmaydigan darajada no‘noqmidi? O‘zi tez yordam mashinasida bemor manzilga borgunga qadar uning ahvolidan xabar olib boradigan mutaxassis bor bo‘lganmikin?

    Ma’lum bo‘lishicha, 15:35 da tug‘uruqxonaga olib kelingan bemor Nodira Abdullayeva yuqori qavatga o‘zi chiqib, tug‘uruq jarayoniga tayyorlangan. Shifokor tomonidan chaqirilgan UZI apparati 20 daqiqada yetib kelgach, bemor homilasi tekshirib ko‘rilgan. Tekshirish natijasida homila nafas olmayotgani aniqlangach, operatsiyaga tayyorlangan. Jahongir Kamolovning aytishicha, operatsiya 16:00 da boshlanib, kechasi soat 23:00 gacha davom etgan. Operatsiyada viloyatdan kelgan 4 nafar mutaxassis ham ishtirok etgan. Ammo bemorning hayotini saqlab qolish imkoni bo‘lmagan. Bemorda 23:00 da o‘lim holati qayd etilgan.

    — Singlimni tug‘uruqqa tayyorlashdan oldin ham, ilgari davolanishga kelganda ham ahvoli hamda tug‘ilajak farzandi ham yaxshi deyishgandi, demakki shifokorlarning aybi bilan, operatsiyani kechiktirgani uchun ham singlim vafot etgan-da, — deydi Nizom Abdullayev. – Bu haqiqatni shifokor Jahongir Kamolovning o‘zi ham tan olib, “Aka mening aybim operatsiyani kechiktirganim bo‘ldi”, deb aytgandi.

    Nizom Abdullayev tomonidan “Daryo” muxbiriga taqdim qilingan audioyozuvda shifokor Jahongir Kamolov ekanligi aytilayotgan suhbatdosh xato qilganini aytib, marhuma yaqinlaridan uzr so‘raydi.

    Jurnalistik surishtiruvlarimiz davomida Nizom Abdullayev aytayotgan onalar o‘limi qachon qayd etilganini aniqlashtirish maqsadida viloyat prokuraturasiga murojaat qildik. Ming taassufki, 19-iyul kuni berilgan so‘rovimizga viloyat prokuraturasidan 1-avgust holatida ham javob bo‘lmadi. Javob olish maqsadida qilgan takroriy qo‘ng‘iroqlarimiz ham samara bermadi.

    Nizom Abdullayev bergan ma’lumotlar bo‘yicha aniqlashtirganimizda marhuma Nodira Abdullayevadan keyingi ona o‘limi 9-iyun kuni sodir etilgan bo‘lib, vafot etgan ona tumanning “Buluch” qishlog‘ida yashovchi 30 yoshli Dilafruz Bekmurodova ekanligi ma’lum bo‘ldi. 19-iyun kuni esa “Chandir” qishlog‘ida yashovchi 21 yoshli homilador Alisa Xoljayeva ham tuman tibbiyot birlashmasida jon beradi. Marhuma Alisa Joljayevaning akasi Amir Xoljayevning aytishicha, birinchi farzandiga homilador singlisi 2 kun davomida Chandir shifoxonasida ushlab turilgan. Bemorning ahvoli og‘irlashgach, shifokorlar homilador ayol yaqinlariga bemorni tuman markaziga olib borishlarini aytgan. Shifoxonadan tez yordam mashinasi ham berilmagach, ahvoli og‘irlashgan homilador ayol ko‘chadan tutib kelingan taksida tug‘uruqxonaga olib borilgan. Ammo shifokorlar kech olib kelibsiz degan. Holbuki, bemor 2 kun davomida qishloq shifoxonasida shifokorlar nazoratida bo‘lgan. Kechiktirib olib kelingan homilador ayol operatsiyadan so‘ng, 8 kun komada yotgan va vafot etgan.

    Murojaatchi Nizom Abdullayev aytgan 3 nafar homilador ayolning bevaqt o‘limi sababalarini bilish maqsadida viloyat prokuraturasiga murojaat yo‘lladik. Ammo prokuratura har uchala holat bo‘yicha ham lom-lim demadi.

    02.08.2019, 12:25   Izoh (0)   83980
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Alabino”da o‘zbekistonlik harbiylar o‘zlariga biriktirilgan tanklarni sinovdan o‘tkazdi (foto+video)

    02.08.2019, 11:48

    DXX raisi Abdusalom Azizov Pokistonga bordi

    02.08.2019, 09:19

    O‘zbekiston Qirg‘izistonga 100 mln dollar kredit ajratadi

    02.08.2019, 09:05

    Sherzod Kudbiyev: Shifoxona yoki maktab xodimlarini hududlarni supurishga olib ketish hashar emas, majburiy mehnat

    02.08.2019, 08:30

    Tojikistonning Shahriston dovonida ro‘y bergan YTHda 42 yashar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

    02.08.2019, 08:20

    Shavkat Mirziyoyev Toshkentga qaytib keldi

    02.08.2019, 07:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi

     

    Tavsiya etamiz

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    Kino | 25 iyun, 23:50

    “XVJ O‘zbekiston iqtisodiyotiga soliq yukini oshirishni taklif qilmoqda. Izohga hojat yo‘q” — Yuliy Yusupov

    O‘zbekiston | 25 iyun, 23:38

    Eʼtiborsiz qoldirmaslik kerak bo‘lgan D vitamini tanqisligining 9 ta belgisi

    Maslahatlar | 25 iyun, 23:10

    Sochingizga zarar yetkazadigan tungi odatlar

    Go‘zallik | 25 iyun, 22:50

    “Daryo” dayjesti: 25-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 25 iyun, 22:30

    Oddiy va kamtar: boyligini ko‘z-ko‘z qilmaydigan turk aktyor va aktrisalari

    Kino | 25 iyun, 22:03
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.