Davlat xavfsizlik xizmati raisi, general-leytenant Abdusalom Azizov Pokistonga bordi. U Ravalpindi shahrida mezbon davlat quruqlikdagi qo‘shinlar shtabi (COAS) boshlig‘i, general Qamar Javod Bajva bilan muzokaralar o‘tkazgan.
Muloqotda o‘zaro va professional qiziqishga sabab bo‘layotgan masalalar muhokama qilindi. Xususan, ikki mamlakat o‘rtasida mudofaa va xavfsizlik sohasidagi hamkorlik, mintaqaviy xavfsizlik sohasidagi umumiy holatga urg‘u berildi.
Har ikki tomon ham o‘zaro harbiy aloqalar, sohada kadrlar tayyorlash va terrorizmga qarshi kurash sohasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirishga kelishib oldi.
DXX raisi Pokiston armiyasiga mintaqaviy barqarorlikni ta’minlash borasidagi sa’y-harakatlari uchun minnatdorchilik bildirgan.
Izoh (0)