Tailand poytaxti Bangkokda 7 ta portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda Nation TV telekanali xabar berdi.
Dastlabki 3 ta portlash orada 5—7 daqiqa farq bilan Pratu Nam hududida sodir bo‘lgan. Quruq o‘tlar orasiga yashirilgan qo‘lbola portlash qurilmasidan ikki nafar chiqindilardan tozalayotgan munitsipal xizmat xodimi jarohatlangan.
Oradan 3 soat o‘tib, bir necha banklarning bosh ofisi va qator elchixonalar joylashgan “Chongnonsi” yer usti metrosi yaqinidagi hududda yana 2 ta portlash sodir bo‘lgan.
Oltinchi va yettinchi portlashlar Qirol Rama to‘qqizinchi nomli ko‘chada, hukumat binolari yaqinida sodir bo‘lgan. Bu portlashlardan jabrlanganlar haqida hozircha ma’lumot berilmagan.
Izoh (0)