AQSh hukumati IShID terrorchilik tashkilotining qo‘lga olingan barcha jangarilarini Yevropaga olib ketmaydigan bo‘lsa, ularni qo‘yib yuborishga tayyorligini ma’lum qildi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
“Biz IShIDning minglab jangarilarini ushlab turibmiz va Yevropa ularni olib ketishini xohlaymiz. Agarda ular bundan bosh tortsa, ularni Yevropaga qo‘yib yuborishga majbur bo‘lamiz”, — deydi AQSh prezidenti Donald Tramp.
Trampning ta’kidlashicha, Suriya va Iroqda jang qilgan yevropaliklar soni ikki yarim mingga yaqin.“Biz ularni Yevropa olib ketishini istaymiz, chunki ular ortga — Yevropaga qaytayotgan edi”, — deydi Amerika yetakchisi.
Izoh (0)