Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Aksiyadorlik-tijorat “Qishloq qurilish bank” o‘zining 25 yilligini nishonlamoqda.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 20-iyundagi qaroriga asosan, 1994-yil 2-avgustdan “G‘allabank” faoliyat yurita boshladi.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-martdagi qarori asosida “G‘allabank” negizida “Qishloq qurilish bank” tashkil etildi. Mazkur sanalar bank faoliyatida yorqin iz qoldirgan tarixiy voqelik hisoblanadi.O‘tgan yillar davomida bank mijozlarga xizmat ko‘rsatish, qishloq qurilishini kreditlash, tadbirkorlik subyektlari loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, investitsion loyihalarni moliyalashtirish, aholi tadbirkorligini rivojlantirish borasida sezilarli tajriba to‘pladi. Yildan yilga bank tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar ko‘lami, mijozlar bazasi va infratuzilmalar tarmog‘i kengayib bordi.

Bank 25 yil avval o‘z faoliyatini 8 nafar xodim va 10 ta mijozga xizmat ko‘rsatish bilan boshlagan bo‘lsa, bugungi kunga kelib bank tizimida 3 000 dan ziyod xodim ish yuritmoqda va 807 mingdan ziyod mijozlarga xizmat ko‘rsatilmoqda. Bankning dastlabki ustav sarmoyasi 8 mln. so‘mdan iborat bo‘lgan bo‘lsa, ushbu ko‘rsatkich bugunga kelib 1 trillion 481 milliard so‘mdan ortdi.Bugungi kunda “Qishloq qurilish bank”ning sof aktivlari 10 trillion 996 milliard so‘mni va jami kapitali 1 trillion 310 milliard so‘mni tashkil qilmoqda.Bank 42 ta filial, 38 ta minibank, 41 ta jamg‘arma va 52 ta valyuta ayirboshlash hamda 44 ta xalqaro pul o‘tkazmalari shoxobchalari orqali respublika hududlarida aholiga zamonaviy xizmatlarni ko‘rsatmoqda.

“Qishloq qurilish bank” o‘tgan yillar davomida qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosida uy-joylar qurish bo‘yicha davlat dasturlarining faol ishtirokchisi bo‘lib kelmoqda. 2009—2019-yillarda respublikamizda 123 mingdan ortiq namunaviy loyihalar asosida uy-joylar qurilishi bo‘yicha ish olib borildi. Ushbu uy-joylarning 80 mingdan ortiq qismi bevosita mazkur bank tomonidan moliyalashtirildi. Shu davrda qurilish ishlari uchun 15,41 trillion so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirildi. Bu borada mazkur bank tomonidan moliyalashtirilgan uy-joylar uchun 3,23 trillion so‘m aholining mablag‘lari, 6,34 trillion so‘m bankning imtiyozli ipoteka krediti mablag‘lari sarflandi.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi “Maktabgacha ta’lim tizimini yanada rag‘batlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash doirasida bank Jizzax viloyatida maktabgacha ta’lim muassasalari qurilishini moliyalashtirishda qatnashmoqda. Bank tomonidan 2018—2019-yillar davomida viloyatdagi loyiha qiymati 150 milliard so‘mdan ortiq bo‘lgan 52 ta maktabgacha ta’lim muassasasi qurilishiga jami 93 milliard 266 million so‘mlik kredit ajratildi.

Bank sarmoyalari asosida o‘tgan yillar davomida hududlarda qad rostlagan namunaviy uy-joylar va ijtimoiy soha obyektlari oilalarning uy-joyga hamda maktabgacha ta’limga bo‘lgan ehtiyojini qondiribgina qolmasdan, yurtimiz ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib, aholining yashash tarzi sifatini oshirishga xizmat qilmoqda.Bankning kapitallashuv darajasi va depozitlar hajmining o‘sishi, o‘z navbatida aktiv operatsiyalar hajmini oshirish, xususan, kreditlash imkoniyatlarini yanada kengaytirmoqda. Bankning kredit qo‘yilmalari miqdori 2019-yil birinchi yarim yilligi yakuniga kelib 10 trillion 32 milliard so‘mni tashkil etdi.2009—2018-yillar davomida “Qishloq qurilish bank” tomonidan 212 326 nafar jismoniy shaxslarga 7 trillion 900 milliard so‘mdan ortiq, 29 794 ta yuridik shaxslarga 6 trillion 856 milliard so‘m, 11 729 nafar yakka tartibdagi tadbirkorlarga esa 591 288 million so‘m miqdorida kreditlar ajratilgan.

Birgina 2019 yilning o‘tgan davrida kichik biznes sub’ektlariga bankning o‘z mablag‘lari hisobidan 1 trillion 156 milliard so‘m miqdorida kredit ajratildi.“Har bir oila—tadbirkor” dasturi ijrosi bo‘yicha 17 629 nafar oilalarga 356,7 milliard so‘m miqdorida kreditlar ajratildi.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-martdagi “Hududlarda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq 291,4 milliard so‘m miqdorida mikrokreditlar ajratilgan bo‘lib, shundan 2312 nafar kam ta’minlangan oilalarga 47,6 milliard so‘m miqdorida imtiyozli kreditlar ajratildi.2011—2019-yillar davomida tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, asosan qishloq xo‘jaligi, meva-sabzavotchilik, chorvachilik, sutchilik hamda xususiy sektorni rivojlantirish maqsadida bank va xorijiy moliya institutlari o‘rtasida 182 million 938 ming AQSh dollari qiymatidagi shartnomalar tuzilgan. Hozirgacha tadbirkorlik subyektlarining 400 ga yaqin investitsion loyihalari uchun 125 million 422 ming AQSh dollari miqdorida kreditlar ajratib berilgan.

Eng muhimi, “Qishloq qurilish bank” tomonidan ajratilayotgan kreditlar hududlarda yangi ishlab chiqarish quvvatlari va ish o‘rinlari tashkil etilishiga, zamonaviy servis yo‘lga qo‘yilishiga, aholi tadbirkorligi rivojiga hissa bo‘lib qo‘shilmoqda.

2019-yilning 6 oyi davomida bankda jami omonatchilar soni 98 800 dan 104 600 nafarga yetdi, ya’ni omonatchilar soni 5800 nafarga o‘sdi. Omonatlardagi mablag‘lar qoldig‘i 633 milliard so‘mdan ortdi. Aholining bankdagi omonatlar qoldig‘i yil boshiga nisbatan 87 milliard so‘mga yoki 116 foizga ortishiga erishdi. Bankdagi omonatlar qoldig‘i o‘tgan yilning shu davrida 586,4 milliard so‘mni tashkil qilgan edi, joriy yilning 1-iyul holatiga bu ko‘rsatkich 108 foizga oshdi.

Mijozlarga qulaylik yaratish bank tomonidan joriy qilinayotgan xizmatlarning asosini tashkil etadi. Shunga mos ravishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida masofadan bajariladigan amaliyotlar ko‘paymoqda. Shuningdek, respublika hududlarida 24/7 rejimida, kecha-yu kunduz, xodimsiz xizmat ko‘rsatadigan o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish shoxobchalari tarmog‘i tobora kengaymoqda. Hozirga kelib ular soni 28 taga yetdi.Bank tizimida yaratilgan bu kabi qulayliklar “Mijoz bank uchun emas, bank mijoz uchun” tamoyilining amaliy tasdig‘i deyish mumkin.“Fitch” va “Moody's” xalqaro reyting agentliklari tomonidan ATB “Qishloq qurilish bank”ning barcha reytinglar istiqboli “Barqaror” deb e’tirof etildi.Bir so‘z bilan aytganda, 25 yilligini nishonlayotgan mazkur bank o‘tgan yillar davomida O‘zbekiston bank tizimida o‘z o‘rniga ega bo‘ldi va iqtisodiy islohotlarning faol ishtirokchisiga aylandi.“Qishloq qurilish bank” — farovon hayotingiz xizmatida!

Murojaat uchun:

Telefon: (+99878) 150-93-39, 150-39-93

Veb sayt: www.qqb.uz

Telegram: https://t.me/QQBANK

Facebook: FB.com/official.qqb.uz

Bank axborot xizmati

Reklama huquqi asosida.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Daryo” kundaligida sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Putin taklifiga binoan 7-oktabr kuni Rossiyaga boradi
Mahalliy
Dunyoda koronavirusni yuqtirish holatlari 6 foiz, o‘lim ko‘rsatkichi esa 12 foizga kamaydi