Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

O‘tgan hafta Turinning “Yuventus” klubi Janubiy Koreyaning Seul shahrida K-Liga yulduzlaridan tashkil topgan terma jamoaga qarshi maydonga tushib, 3:3 hisobida durang o‘ynadi. Ammo uchrashuvda tashrif buyurgan 63 ming muxlisdan ko‘pchiligining xafsalasi pir bo‘ldi. Boisi, Turin klubining asosiy yulduzi Krishtianu Ronaldu maydonga tushmadi. Endi esa “Yuventus” muammolarga duch kelishi kutilmoqda.

Foto: “Yuventus”

Foto: “Yuventus”

Uchrashuvdan oldin o‘yin tashkilotchisi The Fasta Krishtianuning kamida 45 daqiqada maydonda bo‘lishini ma’lum qildi. Ta’kidlanishicha, “Yuventus” bilan bu borada kelishuv ham tuzilgan. Anonsda Ronalduning maydonga tushishi aytilganining o‘zi ham chiptalarga sotuviga katta ta’sir o‘tkazdi. O‘yinga ko‘plab muxlislar ham Ronaldu sabab kelgani rost edi.

Foto: “Yuventus”

Foto: “Yuventus”

Oqibatda Ronaldu baribir ham maydonga tushmadi. Ammo “Yuventus” deyarli asosiy tarkib bilan o‘ynadi: Shesni — Kanselu, de Ligt, Rugani, Beruatto — Jan, Pyanich, Muratore — Bernardeski, Iguain, Manjukich.

Ikkinchi bo‘limda Ronaldu stadiondagi tablolarga olib chiqildi. Muxlislar esa hushtakbozlikni boshlab yubordi. Ronalduni kutishdan foyda yo‘qligini bilishgach esa “Messi” deya hayqirishga tushishdi.

Foto: “Yuventus”

Foto: “Yuventus”

Endi esa bir qancha muxlislardan tashkil topgan guruh dunyoning eng yaxshi o‘yinchilaridan birini ko‘rmaganliklari uchun sudga murojaat qiladi. Hozircha sudga ikki kishi bu borada murojaat qilishga ulgurdi. Ular chipta pulini (59 dollar) qaytarishlarini va yetkazilgan ma’naviy zararni (847 dollar) talab qilmoqda. Jabrlanganlarning advokati esa sudga bu borada yana 60 ming muxlis murojaat qilishi mumkin degan qarashni ilgari surgan.

Foto: “Yuventus”

Foto: “Yuventus”

“Bunday holatlarda jabrlanganlarga odatda chipta puli qaytariladi. Ammo “Yuventus” bilan sodir bo‘lgan holat boshqacharoq. Tashkilotchilar yolg‘on reklama orqali muxlislarni aldagan”, — deydi advokat.

Tashkilotchi The Fasta kompaniyasi ham bu holatdan hayratda qolganini yashirmagan. “Vaziyatni muhokama qilish uchun Nedvedning oldiga bordim. U esa: Men ham Ronalduning maydonga tushishini xohlardim. Ammo uning o‘zi buni istamayapti. Kechirasiz, hech narsa qila olmayman, dedi. Qattiq g‘azabladim”, — deydi kompaniya bosh direktori Robin Chang.

“Yuventus”ning o‘zi esa bu holatga hozirgacha rasmiy izoh bermadi. Biroq K-Liga yulduzlar terma jamoasi ustozi Joze Moraish(Joze Mourinyo bilan birga “Real”da faoliyat olib borgan) bu haqda o‘yindan so‘ng quyidagilarni ma’lum qildi: “Uchrashuvdan so‘ng Ronalduga murojaat qildim. U o‘yinga tayyor bo‘lmaganini aytdi. U Xitoyda to‘liq o‘yin o‘tkazgani va uzoq vaqt davom etgan parvoz sabab toliqqanini ta’kidladi”.

Hozircha bu holatning “Yuventus”ga qanchalik zarar yetkazishi noma’lum. Boisi, muxlislar tashkilotchi — The Fasta kompaniyasi ustidan shikoyat qilmoqda. O‘z navbatida tashkilotchilar Turin klubini sudga berishi mumkin.

Qayd etish joiz, Janubiy Koreya futbol assotsiatsiyasi 30-iyun kuni “Yuventus” shartnoma shartlarini buzgani uchun, klub ustidan sudga protest kiritgani haqida ma’lum qildi.

Voqealar rivojini esa kuzatishda davom etamiz.

Bonus+

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Irlandiyadagi qamoqxonada “buyuk qochish”, sakkiz soatli ish rejimini qo‘llagan Genri Ford va qon quyish bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli amaliyot. Kun xronologiya...
Mahalliy
“Daryo” reportaji: Namangandan topilgan zardushtiylar ibodatxonasining dunyoda tengi yo‘qligi aytilmoqda. Bu yerdagi 70 ta otashkadada tun-kun olov yonib turgan (v...
Madaniyat
O‘zbekistonda o‘tkazilgan Mokkoji Korea festivali va K-pop konserti — suratlarda