Qashqadaryoda o‘zganing xonadonidan katta miqdorda pul og‘irlagan jinoyatchi qo‘lga olindi, deb xabar beradi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.
28-iyul kuni Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida yashovchi 53 yoshli Z.Q. IIBga murojaat qilib, shu yil 27-iyul kuni noma’lum shaxs uning uyiga darvozasi orqali oshib kirib, mehmonxonasidan 20 780 000 so‘m pullarini o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Kitob tumani “Charmgar” MFYda yashovchi, muqaddam sudlangan 21 yoshli R.J. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.
Izoh (0)