“Qatar SK” klubi a’zosiga aylangan O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Sardor Rashidov yangi jamoasidagi ilk taassurotlari va kelajakdagi rejalari bilan o‘rtoqlashdi.
Portugaliya chempionatida o‘ynash orqali Yevropa futboli havosidan nafas olishga erishdim va bundan xursandman. Ana endi bor diqqat-e’tiborimni “Qatar SK” bilan muvaffaqiyatlarga erishish va grand klublarga yetarlicha qarshilik ko‘rsatishga qarataman.Eslatib o‘tamiz, 28 yoshli futbolchi 29-iyul kuni Portugaliyaning “Nasional” klubidan Qatarning “Qatar SK” jamoasiga o‘tgandi. Qayd etish joiz, jizzaxlik yarim himoyachi faoliyati davomida “So‘g‘diyona”, “Bunyodkor”, “Al-Jaish” (Qatar), “Al-Jazira” (BAA), “Lokomotiv”, “Nasional” (Portugaliya) klublari safida to‘p surdi.Ayni paytda “Qatar SK” Madridda yig‘in o‘tkazmoqda. Ushbu yig‘in 8-avgust kuni yakuniga yetadi. Unga qadar bir nechta o‘rtoqlik o‘yinlarini o‘tkazamiz. Maqsadimiz — yangi mavsumga qadar imkon qadar tezroq yuqori sport formasiga kirish. Qatarda mazmunli o‘yin ko‘rsatish orqali o‘zimga yanada ishonch olib, terma jamoamizga yaqinda boshlanadigan saralash bahslarida yordam berishga harakat qilaman.
Qatar chempionati men uchun begona emas, bu yerda to‘p surishni rosti sog‘ingan edim. “Qatar SK”ga o‘tishimda ilgari men faoliyat olib borgan “Al-Jaish”dagi tanishlarimning ham hissasi katta bo‘ldi. Nasib etsa, ushbu klub safida ajoyib o‘yin namoyish etishga harakat qilaman.
Sardor Rashidov, “Qatar SK” klubi a’zosi
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)