Farg‘ona viloyati Rishton tumani hokimligida navbatdan tashqari sessiya bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi O‘zA.
Sessiya ishida tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalasi faollar ishtirokida tanqidiy-tahliliy muhokama qilindi. Unda tashkiliy masala ko‘rildi.
2018-yil fevral oyidan buyon tuman hokimi bo‘lib ishlab kelgan Tavakkaljon Rahimov o‘z arizasiga ko‘ra vazifasidan ozod etildi. Viloyat avtomobil yo‘llari hududiy bosh boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgan Sufhonjon Soliyev Rishton tumani hokimi etib tayinlandi.
Izoh (0)