24 yoshli qozog‘istonlik sportchi Shavkat Rahmonov UFC bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda jangchining menejeri o‘zining Instagram sahifasida xabar berdi.
“Uning debyut jangi noyabr oyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda. U mamlakatimizning UFC’dagi birinchi vakili bo‘ldi, ammo ishonchim komil, so‘nggisi bo‘lmaydi”, — dedi sportchi menejeri Sayat Abdurahmonov.
Ma’lumot uchun, 24 yoshli Rahmonov hisobida 12 ta jangda 12 ta g‘alaba (7 ta nokaut) mavjud. Avvalroq u ikkinchi yarim o‘rta vazn toifasida M-1 musobaqalarida ishtirok etib yurgandi.
Ta’kidlash joiz, Shavkat Rahmonov O‘zbekistonda tug‘ilib o‘sgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)