Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Joriy yilning 1-avgustidan boshlab davlat idoralari tomonidan bir qator ma’lumotnomalar so‘ralishi bekor qilinadi, deb xabar berdi Davlat xizmatlari agentligi matbuot xizmati.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Bu turdagi qulayliklarni davom ettirish maqsadida navbatdagi hujjatlar bekor qilinmoqda. Bunga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-fevraldagi PQ–4193-son “Davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini yanada kompleks rivojlantirish choralari haqida”gi qarori bilan asos solingan.

Unga ko‘ra, 2019-yil 1-avgustdan boshlab davlat xizmatlarini ko‘rsatishda davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan:

  • jismoniy shaxslardan jamg‘arib boriladigan pensiya daftarchalari;
  • soliq va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzi mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnomalar;
  • soliq to‘lovchining hisobga qo‘yilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalar;
  • to‘langan daromadlar va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining ushlab qolingan summalari to‘g‘risidagi ma’lumotnomalarni talab qilish taqiqlangan.
Mazkur qaror bilan fuqarolarga ularning ijtimoiy hayotida katta qulayliklar yaratildi. Misol uchun, joriy yilning 6 oyi davomida Davlat xizmatlari markazlariga fuqaroni jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida hisobga qo‘yish bo‘yicha 312 555 nafar fuqaro murojaat qilgan. Ushbu xizmatdan foydalanish uchun fuqaroga kamida ikki marotaba murojaat etishi lozim edi (ariza berish va tayyor hujjatni olib ketish uchun). Bu esa, o‘z navbatida, ortiqcha vaqt va moliyaviy xarajatlarni talab qilar edi.

Endilikda ushbu hujjatlar vakolatli organlardan faqat idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali taqdim etilishi nazarda tutilmoqda.

Ushbu hujjatlarni talab qilish, bir qarashda arzimas holat bo‘lib ko‘rinsa-da, ammo fuqarolar uchun ovoragarchiliklarni keltirib chiqarardi. “Umuman olganda, endi 6 oyda bir millionga yaqin fuqarolar vaqtlarini ortiqcha qog‘ozlar ortidan yurishgamas, balki o‘zlari uchun muhim bo‘lgan ishlarga bag‘ishlashi mumkin”, — deyiladi xabarda.

Yuqoridagilarga asosan 2019-yil 1-avgustdan boshlab davlat xizmatlarini ko‘rsatishda davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan jismoniy shaxslardan ushbu ma’lumotlarni talab qilish O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 215(5)-moddasiga muvofiq davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi qonun hujjatlarini buzish deb e’tirof etilib, mansabdor shaxslarni va xizmatchilarni ma’muriy javobgarlikka tortishga asos hisoblanadi.

“Aziz fuqarolar, agar davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonida Sizdan yuqorida aytib o‘tilgan hujjatlar talab etilsa, Davlat xizmatlari agentligining 1148 ishonch raqami, yoki @davxizmataloqa_bot telegramdagi qayta aloqa botimizga murojaat etishingiz so‘rab qolamiz”, — deyiladi xabarda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda ishbilarmonlik faoliyati qanday o‘zgardi?
Sport
Krishtianu Ronalduning muvaffaqiyatsiz seriyasi davom etadi. Hujumchi 2022/23-yilgi mavsumda faqat bitta gol urdi
Mahalliy
O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi yana tushdi