5-iyul kuni RandStuff.ru tasodifiy raqamlar generatori yordamida Makfa savdo belgisining “Mazali baxt” to‘rtinchi sovg‘alar o‘yini aksiyasining omadli g‘oliblari va asosiy super yutuq avtomobil mukofoti egasi aniqlandi.
Chevrolet Spark’ni toshkentlik Komila Tojiboyeva yutib oldi va u o‘zining tug‘ilgan kunida aksiyaning g‘olibiga aylandi!
G‘oliblarni tantanali taqdirlash marosimi 27-iyul kuni Ecopark’da bo‘lib o‘tdi.
Boshqa g‘oliblarning ismlarini www.makfa-promo.com reklama saytida “G‘oliblar” bo‘limida ko‘rishingiz mumkin.
Eslatib o‘tamiz, “Mazali baxt” savdo belgisi aksiyasi 1-martdan 30-iyungacha bo‘lib o‘tdi. Aksiya ishtirokchilari Makfa mahsulotlarining qadoqlari — makaron mahsulotlari, don mahsulotlari, undagi kodlarni ro‘yxatdan o‘tkazdi. Har oyda o‘yinlar va sovrinlar topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Makfa’dan “Mazali baxt” aksiyasining g‘oliblari mingdan ortiq sovg‘alarga, jumladan oshxona idishlari, multivarkalar, mikroto‘lqinli pech, muzlatgichlar va aksiyaning bosh sovrini — Chevrolet Spark avtomashinasiga ega bo‘ldi!
Makfa savdo belgisining reklama kompaniyalarini kuzatib boring va bizning aksiyalarimizda ishtirok eting — ehtimol keyingi safar Sizga omad kulib boqadi!
Makfa savdo belgisi “Mazali baxt” aksiyasida ishtirok etgan barchaga minnatdorchilik bildiradi!
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)