“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Seulda bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushmaganligi sababli Janubiy koreyalik muxlislar turinliklardan katta miqdorda tovon puli talab qilmoqda. Bu haqda BBC xabar berdi.
Kelishuvga ko‘ra, portugaliyalik mahalliy chempionatning yulduzli terma jamoasiga qarshi bahsda 45 daqiqa davomida maydonda harakat qilishi kerak bo‘lgan. Ammo u maydonga tushmadi.
Endilikda ba’zi muxlislar advokatlik firmasiga murojaat qildi va jamoaviy da’vo arizalarini tayyorlamoqda. Tovon pulining umumiy miqdori 50 million yevroni tashkil etishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, “keksa sinyora” Janubiy Koreyaning “K-Liga”si klubi bilan 3:3 hisobida durang o‘ynagandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)