• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Fransiyada faoliyat olib borayotgan o‘zbekistonlik tadbirkor Buxoroning eski shahrida turistik axborot markazini yaratadi

    17 yildan buyon Fransiyada faoliyat yuritib kelayotgan buxorolik yosh tadbirkor Saidjon Maqsudov Buxoroning eski shahrida qahvaxona va turistik axborot markazi binosini qurishni mo‘ljallagan. U 2018-yilda Buxoro shahar hokimiga yer maydoni ajratishni so‘rab murojaat qilgan va o‘z loyihasini taqdim etgan.

    Quriladigan qahvaxona va turistik axborot markazi loyihasi.

    Quriladigan qahvaxona va turistik axborot markazi loyihasi.
    Foto: “Daryo”

    Buxoro viloyati Turizmni rivojlantirish departamenti direktori Furqat Xo‘jayevning bildirishicha, Buxoroga tashrif buyurgan har bir sayyoh, albatta, o‘zi yaqindan tanishmoqchi yoki borib ko‘rmoqchi bo‘lgan obida va qadim me’moriy yodgorliklar, sayyohlik marshrutlari haqida batafsil ma’lumot olishni istaydi. Ayni paytda faoliyatini shunday maqsadga qaratgan zamonaviy turistik axborot markazi Buxoro uchun juda zarur. Shu ma’noda xususiy investor va tadbirkor tomonidan taqdim etilgan loyiha o‘lkada turizmni rivojlantirishda katta ahamiyat kasb etadi.

    Qahvaxona va turistik axborot markazi quriladigan joy.

    Qahvaxona va turistik axborot markazi quriladigan joy.
    Foto: “Daryo”

    Turizm shahri sanalgan Buxoroyi sharifning shaharsozlik normalariga to‘g‘ri keladigan, sayyohlar va mahalliy aholi ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan tadbirkor loyihasi mutasaddi rahbarlar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan. Obyektning qurilish va obodonlashtirish ishlariga bevosita mutasaddi tashkilotlar, jumladan, respublika Madaniyat vazirligiga qarashli Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy ishlab chiqarish bosh boshqarmasi, shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi, davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi shahar bo‘limi, yer tuzish ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi, qolaversa, viloyat “Suvoqava” DUK, shahar elektr tarmoqlari, hududiy gaz ta’minoti korxonalari va yong‘in xavfsizligi boshqarmasidan xulosalar olingan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Daraxtlar kesilmagan, restoran uchun yerto‘la qazilmagan

    Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy ishlab chiqarish bosh boshqarmasi boshlig‘i Suhrob Boboyevning bildirishicha, loyiha qurilishi “Nodir Devonbegi” madrasasiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Hudud tadbirkor tashabbusidan keyin Bosh boshqarma mutaxassislari va boshqarma qoshidagi Restavratsiya va muhofaza qilish ilmiy-metodik kengashi a’zolari tomonidan atroflicha o‘rganilgan va ma’qullangan. O‘zbekiston Prezidentining 2017-yil 19-maydagi PQ-2980-sonli “2017–2019-yillarda Buxoro viloyati va Buxoro shahrining turizm salohiyatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida loyiha uchun 120 kvadrat metrdan iborat yer maydoni ajratilgan.

    Quriladigan qahvaxona va turistik axborot markazi loyihasi.

    Quriladigan qahvaxona va turistik axborot markazi loyihasi.
    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    — Bahouddin Naqshband va Mehtar Anbar ko‘chalari kesishmasi hududidagi foydalanilmaydigan zaxira yerlari hisobidan ajratilgan yer maydonida qahvaxona va turistik axborot markazi qurishni mo‘ljallaganmiz. 120 kvadrat metr hajmdagi yer maydonida loyihani amalga oshirish uchun ishga kirishganimizga bir necha kungina bo‘ldi. Biroq, troll.uz sahifasi orqali tarqalgan “Fransiyadan investor bo‘lishga da’vo qilayotgan bir aqlli odam, sayyohlik ma’lumot markazi bahonasida u yerda kafe qurishga qaror qildi. Tabiiyki, u daraxtlarni kesadi” degan noo‘rin iddao bilan chiqqan. Shunga qaramasdan, biz ortga chekinmadik. Bundan tashqari, ajratilgan yer maydoni yerto‘la uchun qazib ham tashlangan emas. Hatto, yerto‘lali restoran qurish haqida reja tuzish tugul, bu haqda o‘ylab ham ko‘rmaganmiz, — dedi yosh tadbirkor Saidjon Maqsudov.

    Quriladigan qahvaxona va turistik axborot markazi loyihasi.

    Quriladigan qahvaxona va turistik axborot markazi loyihasi.
    Foto: “Daryo”

    Qahvaxona va turistik axborot markazi quriladigan joy.

    Qahvaxona va turistik axborot markazi quriladigan joy.
    Foto: “Daryo”

    Bino tiklanishi uchun 200 ming yevro sarflanadi

    “Daryo” muxbiri tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan holat o‘rganildi. Yashil maysa bilan qoplangan maydon atrofi bannerlar bilan o‘rab olingan. Qahvaxona va turistik axborot markazi binosini tiklash uchun birorta daraxt yoki qadimiy obidaga shikast yetkazilmagan. Ushbu manzilda sanoqligina daraxt bor. Ularning bir nechta qurigan shoxlarigagina sanitar shakl berilgan. Bu borada buyurtmachi sifatida viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasiga murojaat qilingan.

    Quriladigan qahvaxona va turistik axborot markazi loyihasi.

    Quriladigan qahvaxona va turistik axborot markazi loyihasi.
    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Qahvahona va turistik axborot markazi binosi uzog‘i bilan 4–5 oy ichida qurilib, foydalanishga topshirilishi mo‘ljallangan. Tadbirkor buning uchun yetarlicha sarmoyaga ega. Barpo etilishi mo‘ljallanayotgan obyekt uchun xususiy investor hisobidan 200 ming yevro mablag‘ sarflanishi ko‘zda tutilgan.

    Ma’lumotga ko‘ra, barpo bo‘layotgan bino shimol tomonidan Bahouddin Naqshband ko‘chasi bilan, sharq va janub tomonlardan – shaxsiy bino bilan, g‘arb tomonidan – ichki yo‘l bilan chegaralangan.

    Tunis Yuterjik va Saidjon Maqsudov.

    Tunis Yuterjik va Saidjon Maqsudov.
    Foto: “Daryo”

    — Bino ishga tushgach, turli xorij tillarida bemalol so‘zlay oladigan, zamonaviy texnologiyalardan xabardor o‘n nafarcha yoshlarning ish bilan bandligi ta’minlanadi, — dedi tadbirkor Saidjon Maqsudov. — Shu o‘rinda aytib o‘tishim kerakki, Parijning uch kvartalida Buxoro sharafiga nomlangan va ukam Suhrobjon bilan birgalikda Nationale chayxana de Bukhara deb nomlangan milliy taomlar restoranimizni ochishga erishganmiz. Fransiyalik xalqaro maslahatchi Tunis Yuterjik loyihalarimning yaqin hamkorlaridan. Loyihaning eng kichik elementigacha chuqur o‘ylanib, xalqaro standartlarga mos ravishga keltirilgan. Buxoro turistik salohiyatni yanada oshirish yo‘lida xizmat qiladigan katta-katta maqsadlar yotibdi uning zamirida. O‘ylaymizki, bu mo‘jaz manzil — Buxoroga keladigan o‘zbekistonlik va xorijlik sayyohlar uchun juda ajoyib sovg‘a bo‘ladi.

    Foto: “Daryo”
    31.07.2019, 12:39   Izoh (0)   13348
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Taniqli yozuvchi Muhammad Ismoil Halima Xudoyberdiyeva ijod maktabiga direktor etib tayinlandi

    31.07.2019, 12:16

    Yashnoboddagi uyning tomi alanga oldi

    31.07.2019, 11:50

    Hukumat “Nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlari to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ma’qulladi

    31.07.2019, 11:24

    Rishton tumani hokimi o‘zgardi

    31.07.2019, 11:01

    Navoiy viloyati hokimi Yangig‘azg‘on va Sarjalda ovullarida sayyor qabul o‘tkazdi

    31.07.2019, 09:50

    Orolga quyilishi kerak bo‘lgan suv qayerga oqmoqda?

    31.07.2019, 09:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiya Afg‘oniston Islom Amirligini rasman tan oldi

    Dunyo | 3 iyul, 23:51

    Bolalar bilan urush haqida qanday suhbatlashish lozim?

    Dunyo | 3 iyul, 23:35

    Qoraqalpog‘istonda fuqaroning yonidan 250 grammdan ortiq opiy topildi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 3-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:05

    Samarqand no‘xat sho‘ragi patentlandi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 22:50

    Dermatologdan ogohlantirish: “Ushbu xato SPF kremning foydasini yo‘qqa chiqaradi”

    Go‘zallik | 3 iyul, 22:40

    AQSHda 6 mlrd dollarlik ta’lim dasturlarini moliyalashtirish to‘xtatib qo‘yildi

    Dunyo | 3 iyul, 22:30

    Superliga. “Sho‘rtan” o‘z maydonida “Qizilqum”ga mag‘lub bo‘ldi

    Sport | 3 iyul, 22:26
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.