Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 15-turiga 30-iyul, seshanba kuni start beriladi.
Kunning dastlabki o‘yinida Jizzaxning “So‘g‘diyona” klubi “Qo‘qon-1912” maydoniga safar qiladi. Uchrashuv soat 18:00 da boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, Jizzax klubi 14-turda “Lokomotiv”ni Shohruz Norxonovning goli evaziga mag‘lubiyatga uchratgandi (1:0). Qo‘qonliklar esa “Paxtakor”ga 1:3 hisobida imkoniyatni boy bergandi.
Samvel Babayan boshliq Toshkentning “Lokomotiv” klubi o‘z maydonida Samarqandning “Dinamo”sini qabul qiladi. O‘yinga soat 19:00 da start berilishi belgilangan.
Ma’lumot uchun, “temiryo‘lchilar” 27 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalida ikkinchi o‘rinda borayotgan bo‘lsa, 18 ochko to‘plagan “Dinamo” 8-o‘rinni band qilib turibdi.
Kunning so‘nggi bahsida Shota Arveladze qo‘l ostidagi Toshkentning “Paxtakor” jamoasi mehmonda Navoiyning “Qizilqum” klubini sinovdan o‘tkazadi. Bellashuv soat 20:00 da boshlanadi.
Qayd etish joiz, “sherlar” 38 ochko bilan musobaqa jadvalida yetakchilik qilmoqda. Navoiy klubi esa 14 ochko to‘plab 10-pog‘onada bormoqda.
Coca-Cola Superligasi
15-tur bahslari
30-iyul, seshanba kuni
“Qo‘qon-1912”—“So‘g‘diyona” 18:00
“Lokomotiv”—“Dinamo” 19:00
“Qizilqum”—“Paxtakor” 20:00
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)