Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Rossiyaliklarning 38 foizi Vladimir Putinning amaldagi vakolati tugaganidan keyin qayta prezidentlikka saylanishiga qarshi. “Vedomosti”ning yozishicha, bu “Levada-markaz” tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalaridan ma’lum bo‘lgan.

Foto: EPA

Foto: EPA

Qayd etilishicha, so‘nggi yillarda bunday javob berganlar soni 11 foizga ortgan, lekin 38 foiz bu rekord daraja emas. 2012-yilning oktabr oyida bu ko‘rsatkich 40 foiz, 2013-yilning oktabrida esa 45 foiz bo‘lgan.

So‘rovnomada ishtirok etganlarning 54 foizi Putinni 2024-yilda Kremlda qoldirish tarafdori. So‘nggi marta bunday yuqori ko‘rsatkich 2017-yilning avgustida kuzatilgan (67 foiz). Javob berishga ikkilanganlar esa 8 foizni tashkil etgan. Avvalroq bu ko‘rsatkich 14 foizdan 26 foizgacha bo‘lgan.

Vladimir Putin 2018-yilning mart oyida to‘rtinchi marta prezidentlikka saylangan. Amaldagi Konstitutsiyaga ko‘ra, u 2024-yilda bo‘lib o‘tadigan saylovlarda prezidentlikka nomzod bo‘lolmaydi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Surxondaryoda 3-sinf o‘quvchisi maktab hovlisida vafot etdi
Dunyo
Merkel Putinning yadroviy tahdidlarini jiddiy qabul qilishga chaqirdi
Mahalliy
Prezident O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotladi (ro‘yxat)