“Everton” yarim himoyachisi Idrissa Guye karyerasini PSJ klubida davom ettiradi. Bu haqda Parij klubining Twitter’dagi rasmiy sahifasida e’lon qilindi.
Senegallik futbolchi parijliklar bilan 2023-yilning 30-iyuniga qadar shartnoma imzoladi. Guye Parij klubi tarixida jamoa sharafini himoya qilgan sakkizinchi senegallik o‘yinchi bo‘ldi.
Avvalroq PSJ futbolchi uchun 35-40 million yevro atrofida mablag‘ to‘lashi aytilgandi.
29 yoshli xavbek uchun Fransiya chempionati begona emas. U 2010-yildan 2015-yilgacha “Lill” tizimida faoliyat olib borgan. 2015/16-yilgi mavsumni Guye “Aston Villa”da o‘tkazgan. 2016-yilning boshidan esa u “Everton” tarkibiga kelib qo‘shilgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)