Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Prezidentning rasmiy tashrifi arafasida 29-iyul kuni Minskda O‘zbekiston — Belarus hududlararo forumi boshlandi.

Foto: O‘zА

Foto: O‘zА

Unda ikki mamlakat hududlari vakillari qatorida parlamentlar a’zolari, vazirlik va idoralar mutasaddilari, ishbilarmonlar ishtirok etmoqda.

Forumning dastlabki kuni sessiya yig‘ilishlari shaklida o‘tdi.

Sanoat kooperatsiyasi masalalariga bag‘ishlangan birinchi sessiyada qishloq xo‘jaligi, mashinasozlik, elektrotexnika, farmatsevtika kabi sohalarda sheriklik aloqalarini kengaytirish xususida so‘z bordi.

Ikkinchi sessiya agrar sohaga bag‘ishlandi. Unda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish va qayta ishlash, o‘simlikshunoslik, seleksiya, chorvachilik, veterinariya sohalaridagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Foto: O‘zА

Foto: O‘zА

Gumanitar, axborot-kommunikatsiya, ilm-fan sohalaridagi aloqalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda texnoparklarni takomillashtirishda tajriba almashish, hududlararo innovatsion hamkorlikni kengaytirish, turizm, ta’limni raqamlashtirish kabi istiqbolli yo‘nalishlar haqida fikr almashildi.

Forum bugun o‘z ishini davom ettiradi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Bekobod tumanida chiqindixona 15–20 kundan beri yonib, aholi tutundan aziyat chekayotgani aytildi (video)
Mahalliy
Saida Mirziyoyeva AQSH davlat kotibi yordamchisi v.b. Elizabet Tryudo bilan uchrashdi (foto)
Dunyo
Rossiyada safarbarlikdan bosh tortish bo‘yicha birinchi jinoyat ishi qo‘zg‘atildi