1968-yilda Xitoy islohot yo‘lida birinchi qadamni qo‘ydi. Buning natijasida bir paytlar yopiq bo‘lgan kommunistik jamiyat globallashuvga yo‘l ochdi. Mentalitet, iqtisodiyot va madaniyatning o‘zgarishi Xitoyni zamonaviy va kuchli davlatga aylantirdi. So‘nggi qirq yil ichida Xitoy tarixdagi eng katta va tezkor industrializatsiya va urbanizatsiya davrini boshdan kechirdi. Chunsin shahri esa Xitoy evolyutsiyasining yorqin misolidir.
Belgiyalik arxitektura fotografi Kris Provust o‘z rasmlarida bu shaharni rivojlanayotganligi shuningdek, aholini qiynayotgan muammolarni yoritgan. Fotografning aytishicha, uch kun davomida u Chunsinni suratga olayotib shahardagi zichlik, transport qatnovi va xalqning turmush tarzini kuzatgan. Odamlar bu ulkan shaharda qanday yashayotganini ham aks ettirishga harakat qilgan. TravelAsk ana shunday suratlarni jamlab taqdim etdi.
Izoh (0)