Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Real” hujumchisi Luka Yovich Xalqaro Chempionlar Kubogi doirasida “Atletiko”ga qarshi kechgan o‘yinda jarohalandi (3:7).

Foto: Google Images

Foto: Google Images

Uchrashuvning 24-daqiqasida serbiyalik futbolchi “matraschilar” darvozaboni Yan Oblak bilan to‘qnashib ketdi va o‘yinni davom ettira olmadi. Uning o‘rniga fransiyalik hujumchi Karim Benzema zaxiradan maydonga tushdi.

Goal’ning xabar berishicha, Yovich chap oyog‘idan jarohat oldi. Jarohatning qay darajadaligi tibbiy ko‘rikdan keyin ma’lum bo‘ladi.

Avvalroq Madrid klubi himoyachisi Ferlan Mendi hamda yarim himoyachi Marko Asensio ham jarohat olgani haqida xabar berilgandi.

Ma’lumot uchun, “Qirollik klubi” 21 yoshli futbolchini “Ayntraxt”dan sotib olgandi. “Real” Yovich bilan 2025-yilning yoziga qadar shartnoma imzolagan. OAVga ko‘ra, hujumchining transferi madridliklarga 60 million yevroga tushgan.

Eslatib o‘tamiz, Yovich 2018/19-yilgi mavsum Bundesligada 32 ta uchrashuv o‘tkazib, 17 ta gol urdi hamda 5 ta golli pas berdi. Bundan tashqari, hujumchi Yevropa Ligasida 14 ta o‘yinda o‘z hisobiga 10 ta gol va 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Isroil—Misr chegarasidagi otishma, qabrlarga qadalgan bayroqlar, Rally Muynak’da yonib ketgan avtomobil — hafta suratlari
Dunyo
Rajab Toyyib Erdo‘g‘on parlamentda qasamyod qilib, Turkiya prezidenti lavozimiga kirishdi
Dunyo
Prigojin Rossiya Mudofaa vazirligi “Vagner”chilarning Baxmutdan chiqish yo‘lini minalab tashlaganini aytdi