Kaspiy dengizining Ozarbayjon suvlarida Eronga tegishli “Shabaxаng” yuk kemasi falokatga uchradi. Bu haqda Ozarbayjon Chegara qo‘shinlari xizmatiga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.
Ko‘ngilsiz hodisa mamlakat janubidagi Lenkoran shahri yaqinida sodir bo‘lgan. Kema suv ostiga cho‘kib ketguniga qadar chegarachilar uning ichidagi 9 kishini qutqarib qolishga muvaffaq bo‘lgan.
Ozarbayjon milliy dengiz agentligining ma’lum qilishicha, kema jamoasini qutqarish operatsiyasida ikkita vertolyot va chegarachilarning navbatchi kateri ishtirok etgan.
Izoh (0)