Odam savdosida ayblangan milliarder Jeffri Epshteyn Nyu-Yorkdagi federal qamoqxonadan hushsiz holda topilgan, deb xabar beradi Meduza.
Ikkita manbaning tasdiqlashicha, Jeffri Epshteyn o‘z joniga qasd qilishga uringan bo‘lishi mumkin. Yana bir manbaning qayd etishicha, milliarderning jarohatlari u qadar og‘ir emas.
The New York Post manbasining versiyasiga ko‘ra, Epshteyn qamoqdan chiqish uchun ataylab shunday qilgan. Avvalroq, sud uni garov evaziga qo‘yib yuborishni rad etgandi.
Tergov ishtirokchilari Epshteynga hujum qilingan bo‘lishi mumkin demoqda. Shu sababli tergovchilar Nikolas Tartalone ismli mahbusni so‘roq qilgan.
Tartalone sobiq politsiyachi bo‘lib, to‘rt kishining o‘limida ayblangan. U Epshteynga teginmaganini bildirgan. Mahkumning advokati ham o‘z mijozi milliarderga hujum qilmaganini ta’kidlagan.
Izoh (0)