Ispaniya futbol federatsiyaning ma’lum qilishicha, mamlakat chempionati uchrashuvlari faqatgina haftaning dam olish kunlari bo‘lib o‘tadi.
La Liganing yangi mavsum dastlabki uchrashuvlari ro‘yxati shunday ko‘rinishda tuzildi. O‘yinlar juma yoki dushanba kunlari o‘tkazilmaydigan bo‘ldi.
Bu juma va dushanba kungi bahslar namoyish etilishini hisobga olgan holda Ispaniya chempionati translyatsiyasi huquqini qo‘lga kiritgan kompaniyalarga ta’sir qilishi mumkin. Endilikda mazkur kompaniyalar katta miqdorda tovon puli talab qilishi mumkin.
Ma’lum bo‘lishicha, ushbu qaror La Ligadagi noroziliklar sabab qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)