• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Britaniyaning yangi bosh vaziri Boris Jonson: yevroskeptik, rusparast, xotinboz. U bir marta O‘zbekistonda bo‘lgan

    Buyuk  Britaniya sobiq tashqi ishlar vaziri, Londonning sobiq meri Boris Jonson konservativ partiyaning yetakchisi etib  saylandi. Bu unga bosh vazir lavozimi uchun yo‘l ochdi. Jonson nimasi  bilan mashhur va  undan nimalar kutsa bo‘ladi? “Daryo” sharhlovchisi Jahongir Ergashev shu haqda fikr yuritadi.

    Boris Jonson Buyuk Britaniya konservativ partiyasining yangi rahbari qilib saylandi. U Brexit masalasida parlament  bilan qattiq ziddiyatga borib, mamlakat bosh vaziri va konservatorlar partiyasi yetakchisi lavozimlarini tark etgan Tereza Meyning davomchisi bo‘ldi. Jonson hukmron partiyaning rahbari etib  saylanishi, barcha ehtimollarga qaraganda, aynan u keyingi bosh vazir bo‘lishini anglatadi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Bir yildan ko‘proq vaqt avval Jonson Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqidan chiqishi borasida Mey bilan qarama-qarshiliklari tufayli iste’foga ketgan edi. Qattiq Brexit tarafdori, yevroskeptik Jonson bir necha bor shu kuzdayoq London Bryussel bilan bitimsiz Yevropa Ittifoqini tark etishi mumkin degan edi. Jonson umuman sershovqin, ziddiyatli, ba’zan janjalkash fe’li bilan mashhur.

    Oksford va Iton bitiruvchisi hamda janjalkash jurnalist

    Jonson Nyu-Yorkda tug‘ilgan. Uning ota-onasi inglizlardir, oilada rus va turk ajdodlar ham bo‘lgan (bu haqda  Jonsonning o‘zi aytgan). Tug‘ilgan paytida bolaga Aleksander Boris de Pfeffel Jonson nomi  qo‘yilgan, lekin keyinchalik uni shunchaki Boris deb chaqira boshlashgan.

    Borisning otasi – Stenli Jonson Yevropa Ittifoqi tuzilmalaridan birida mansab olganidan keyin oila Bryusselga ko‘chib kelgan. Borisning uch aka-singlisi bor. Uning singlisi Reychel Sandy Times’ga bergan intervyusida ularning onasi, rassom Sharlotta Jonson depressiyadan azob chekkani va ko‘pincha ruhiy xastaliklar klinikasida bo‘lganini aytgan. Bolalar oqsoch nazoratida bo‘lgan. Boris ko‘plab mashhur britaniyalik siyosatchilar ta’lim olgan mashhur Iton yopiq kollejida o‘qigan. So‘ngra u Oksfordda  arxeologiyani o‘rgangan. U bir  necha tillarni, jumladan, fransuz va italyan tillarini biladi.

    Times’da jurnalist sifatida ish boshlagan. Tez orada uni yolg‘onchilikda ayblab, ishdan bo‘shatishgan: Boris Oksford tarix professoriga (u cho‘qintirgan otasi ham bo‘lgan) yolg‘on iqtibos nisbat berib, maqola chiqargan.

    Foto: PA

    Foto: PA

    Bir necha yildan keyin Boris Jonson Daily Telegraph’ning Bryusseldagi maxsus muxbiri bo‘ldi. Bu vaqtda u ashaddiy yevroskeptik sifatida nom chiqardi. Londonga qaytgach, sharhlovchi bo‘lib ishladi. Uni tez-tez televideniyega taklif qilib turishardi. U konservativ Spectator gazetasini ham nashr qilgan.

    Bryusselda ishlab yurgan vaqtida Boris Jonson birinchi xotini bilan ajrashib, 12 kundan so‘ng ikkinchi marta, ularning birinchi bolasi tug‘ilishini kutayotgan advokat Marina Velerga uylandi. Ularda yana uchta bola tug‘ildi.

    Boris Jonsonning siyosiy o‘sishi va ishqiy sarguzashtlari

    Ingliz sariq matbuoti Boris Jonsonni, o‘zi aytganiday, go‘zal va aqlli ayollarga muhabbati tufayli xotinboz deb ataydi. Uning ko‘p sonli ishqiy sarguzashtlarini esa jurnalistlar Jonsonning tanish xislatlari – to‘zg‘igan malla sochlari, g‘ijimlangan kostyumi, velosipedda yurishga ishqibozligi, o‘ziga bino qo‘ygani va afsonaviy quntsizligi bilan bir qatorga qo‘yadi.

    Shunga qaramay, bularning hammasi Boris Jonsonga Bryusseldagi faoliyatidan so‘ng tez orada siyosiy karyerani yo‘lga qo‘yib olishiga to‘sqinlik qila olmadi. 2001-yilda bo‘lg‘usi bosh vazir Oksfordshirdan jamoat palatasiga deputatlikka saylandi. Parlamentda 2008-yilga qadar konservativ partiya namoyandasi sifatida mandatini saqlab qoldi. 2004-yilda konservativlarning g‘oyaviy hukumati tarkibiga kirib, unda madaniyat vaziri lavozimi egalladi.

    Lekin hamkasblaridan biri bilan sevgi mojarosidan keyin mansabidan voz kechishiga to‘g‘ri keldi, shu janjal tufayli Jonsonning xotini uni uyidan ham haydab chiqardi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    2005-yili konservatorlar yetakchisi Devid Kemeron birga Iton maktabida o‘qigan Boris Jonsonni o‘zi tashkil qilgan soyadagi hukumatga taklif qilmadi. Lekin uch yil o‘tgach, Jonson London merligi uchun saylovda qatnashishga qaror qildi. U saylov shtabi rahbari Kemerondan yordam olib, g‘alaba qildi hamda ikki marta merlik lavozimiga saylandi.

    Jonsonning Rossiyaga munosabati

    2016-yil iyul oyida Tereza Mey Boris Jonsonni Britaniya tashqi ishlar vaziri etib tayinladi. Ko‘pchilik u bu vazifani bajara olishiga shubha bilan qaradi. Bu paytga kelib Jonson janjalga yetaklovchi nutqlari bilan mashhur bo‘lib ulgurgan va ko‘plarni, jumladan, Yevropa va Rossiya rahbarlarini haqorat qilishga ulgurgan edi.

    Jonson Yevropa Ittifoqi va uning rahbarlariga bir necha bor tanqid yog‘dirar ekan, Sunday Telegraph nashriga bergan intervyularidan birida “Yevropa Ittifoqi ulkan davlat tuzmoqchi. Napoleon, Gitler va boshqalar ham shunday qilishga urinib ko‘rdi, ammo oqibati yomonlik bilan tugadi”, deb aytgan edi. Qolaversa, Yevropa Ittifoqi tanqidi bilan Bryusselda jurnalistlik faoliyati bilan mashg‘ul bo‘lgan davrlardan beri nom chiqargan edi.

    Rossiyaning Suriyadagi harbiy amaliyotlarini ham Jonson qattiq tanqid qildi. 2016-yil Halab yaqinida BMTning insonparvarlik karvoniga hujum haqida gapirar ekan, shunday degan edi: “Barcha guvohliklar bu vahshiylik uchun mas’uliyat Rossiya zimmasiga tushishini ko‘rsatmoqda”. Keyinchalik Britaniya parlamentida chiqish qilar ekan, “BMT insonparvarlik karvoni va Suriyadagi aholi nishonlariga hujum qilganlarni xalqaro tribunalda ko‘rishni istar edim”, deb ta’kidlagan edi.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Boris Jonson Rossiyaga nisbatan iqtisodiy jazo choralarini kuchaytirish tarafdoridir. “Ha, aynan Buyuk Britaniya Qrimdagi, Ukraina sharqidagi, shuningdek, Halabdagi havo hujumlari munosabati bilan Rossiyaga qarshi sanksiyalarni qat’iy kuchaytirishni talab qiladi. Bularning hammasini hisobga olib, biz Rossiya bilan munosabatlarimizni yaxshilay olmaymiz yoki odatdagiday ish ko‘rishga qayta olmaymiz. Buyuk Britaniya Rossiya bilan keskin munosabatda bo‘lishga tayyor, ammo bu degani muzokaralar olib borish aqlsizlik bo‘ladi degani emas”, – deb takidlagan edi Boris Jonson 2016-yilda.

    Boris Jonson rusparastmi?

    Yuqoridagi fikrlarga qaramay, Boris Jonson bir necha bayonotlarida Rossiya bilan muzokara olib borishni davom ettirish zarurligini ta’kidlagan va o‘zini hattoki rusparast deb ham atagan edi. “Agar Rossiya tashqi siyosatini hozirgi yo‘lda davom ettirsa, aniqki, bu buyuk millat haydalgan millatga aylanishi mumkin. Men rusparastman. 16 yoshimda Rossiyada bo‘lganman. Ammo Rossiya Suriyadagi vahshiyliklariga chek qo‘yishi kerak”.

    Keyinroq esa, “TASS” xabariga ko‘ra, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan Moskvadagi muzokaralar natijasiga bag‘ishlangan konferensiyada Jonson shunday degan edi: “Aytishga izn bering, men rusparastman. E’tiqodan rusparast. Moskvada ajdodlarim bor. Men Buyuk Britaniyaning tashqi ishlar vaziri sifatida ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilashga erishmoqchiman”.

    Solsberidagi Skripallar zaharlanishi voqeasidan so‘ng Boris Jonson birinchi bo‘lib Vladimir Putinni aybladi.

    Foto: Deutsche Welle

    Foto: Deutsche Welle

    Deutsche Welle radiosiga bergan intervyusida Jonson “O‘ylaymanki, bo‘lib o‘tgan ishda Rossiya ham, rossiyaliklar ham aybdor emasligini ko‘rsatish kerakligi muhim. Biz va Rossiya o‘rtasida ixtilof yo‘q. Bilasizlarki, men Rossiyani sevaman, ajdodlarim shu mamlakatdan. Masala bunda ham emas, aslida Kreml va Rossiya ayni paytda tushib qolgan holatdadir”.

    “Siz, shuningdek, Sergey Skripal hujum nishoni bo‘lganini ham nazardan qochirmasligingiz kerak. Vladimir Putinning o‘zi ham Skripalga o‘xshagan xoinlarni zaharlash kerakligini aytgan edi”.

    Intervyu davomida Boris Jonson Skripallar voqeasi uni benihoya qayg‘uga solganini ta’kidlagan edi:

    “Ikki yil avval Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri bo‘lganimda Rossiyaga yordam qo‘lini uzatmoqchi bo‘ldim, vaholanki ayrimlar bunday ish tutish Rossiyaga nisbatan batamom besamarligini aytib, fikrimdan qaytarmoqchi bo‘lgandi. Ammo men chin dildan urinib ko‘rish kerak deb hisoblardim, sababi Rossiya ajoyib mamlakat. Hozirda o‘rtamizdagi bunday munosabatlarning guvohi bo‘lish men uchun og‘riqlidir”.

    Ayni vaqtda Buyuk Britaniyaning bosh vaziri sifatida Boris Jonson oldida turgan muhim vazifalardan biri Rossiya Britaniya munosabatlarini odatiy o‘zanga solishdir. Yangi bosh vazir bu masalani qanday hal qiladi? Brexit masalasidagi yondashuv usuli bilanmi? Yoki avvallari bo‘lgani kabi g‘ayriodatiy yo‘l bilanmi?

    Darvoqe, 2005-yilda Jonson O‘zbekistonga ta’til safari bilan kelgan va unga o‘zbek palovi nihoyatda yoqqanini ta’kidlagan edi. U O‘zbekiston haqiqiy mustaqil bo‘lishiga xayrixoh ekanini ham alohida qayd etgan edi.

    27.07.2019, 17:56   Izoh (0)   89258
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Irim sababli emas: nima uchun uydagi o‘rgimchakni o‘ldirish tavsiya etilmaydi?

    Layfstayl | 12 iyul, 12:35

    Iroqdagi Kurdiston ishchilar partiyasi a’zolari Turkiya bilan kelishish uchun o‘z qurollarini yoqib yubordi

    Dunyo | 12 iyul, 12:20

    Marlon Tapales Naoya Inoue va Murodjon Ahmadaliyev o‘rtasidagi jang oldidan yaponiyalik bokschiga yordam beradi

    Sport | 12 iyul, 12:10

    Olmaotaga ketayotgan fuqaro O‘zbekistondan olib chiqilishi mumkin bo‘lmagan gilam bilan qo‘lga tushdi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 12:00

    Tramp Ukraina uchun yangi yordam paketini tayyorlamoqda — Politico

    Dunyo | 12 iyul, 11:45

    YouTube endilikda sun’iy intellekt yordamida tayyorlangan videoroliklarga pul to‘lamaydi

    Layfstayl | 12 iyul, 11:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.