• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12834.61
    • RUB162.65
    • EUR14662.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Britaniyaning so‘kong‘ich bosh vaziri, yangi moliyaviy inqiroz xavfi va Rossiya bilan hamkorlik qilayotgan Yevropa. Jahon matbuoti sharhi

    “Daryo” o‘tayotgan haftada dunyo matbuotida keng yoritilgan, ko‘pchilikning qiziqishiga sabab bo‘lgan maqolalar sharhiga to‘xtalib o‘tadi.

    Rossiyaning paytavasiga qurt tushdi

    Xitoyning “Soxu” nashri Rossiya va NATO munosabatlari keskinlashmoqda, deb yozmoqda. Bu keskinlashuv ortida nimalar yotadi? AQSh yetakchiligidagi NATO Boltiq va Qora dengizlarida so‘nggi paytlarda tez-tez harbiy amaliyot mashqlarini o‘tkazmoqda. Maqsad Rossiyani cho‘chitish bo‘lishi mumkin.

    Foto: Google Photos

    NATOning BALTOPS – 2019 harbiy mashqlari tugashi bilan Rossiya uchoqlari Boltiq dengizi osmonida paydo bo‘ldi. Boltiqbo‘yi NATO va Rossiya sarhadlari tutashgan joy bo‘lgani sababli bu borada ko‘p marta bahslar yuzaga kelgan. Rossiyaning eng kuchli Tu-160 uchoqlari paydo bo‘lishi NATO mamlakatlarini rostakamiga qo‘rqitib yubordi. Bu uchoqlar kuchli jangovar qudratga ega bo‘lib, 23 soat davomida 12 ming kilometr masofani yoqilg‘i quymasdan bosib o‘tishi mumkin. Bundan tashqari, bu uchoqlar yadro bombasi tashlashi, qanotli raketalarni uchirishi, 45 tonna granatani olib uchishi mumkin. Shuning uchun ularni “tezkor qurol ombori” deb ham atashadi.

    Ayni paytda rus armiyasida Tu-160 uncha ko‘p emas, sababi ularning parvozi ancha qimmatga tushadi. Ikki samolyotni parvoz qildirar ekan, Kreml NATO mamlakatlariga o‘z qudratini namoyish qilib qo‘yishni xohladi.

    Bu safar Rossiya oldiga qo‘ygan maqsadiga erishdi, deb aytish mumkin. Hatto mudofaa vazirligi bu oddiy havo patruli deb bayonot berishi ham NATO mamlakatlarini tinchlantira olmadi. Boltiq dengizi Rossiya va NATO qarama-qarshiligining eng keskin nuqtasi sifatida baholanadi va har ikki tomon uchun ham strategik muhim jo‘g‘rofiy hisoblanadi.

    Tu-160 larni parvoz paytida A-50U, Su-35C kabi takomillashgan uchoqlar kuzatib ham turdi.

    NATO mamlakatlari buni payqagan zahoti Daniyada F-16, Finlyandiyada F-18, Shvetsiyada Jas-38 Griffin uchoqlari ham havoga ko‘tarilgan.

    Tu-160 xalqaro havo hududida uchishi sababli ular hech narsa qila olmadi va Rossiya uchoqlarini nazorat qilib, kuzatib borish bilangina cheklandi. Rossiyaning bu harakati NATO uchun o‘ziga xos tarsaki bo‘ldi.

    Rossiya munkillagan chol kabi harsillab nafas olayotgan bo‘lsa-da, dushmanlariga o‘zini xafa qildirib qo‘ymaslik imkoniyatiga ega ekanini ko‘rsatib qo‘ydi.

    Haqoratlar yolg‘onmi?

    Boris Jonson.

    Boris Jonson.
    Foto: Google Photos

    Britaniya yangi bosh vaziri Boris Jonson o‘zining o‘tkir gaplari bilan oldingi mansablarida ham ajralib turgan, deb yozadi Tages Anzeiger nashri.

    Boris Jonson ikki yilcha avval Britaniyaning Independent nashriga bergan intervyusida shunday degan edi: “Britaniya bosh vaziri bo‘lish uchun menda Elvis, zaytun yoki frisbi kabi uchadigan imkoniyatim bor” (frisbi – uchar likopcha o‘yini).

    O‘sha paytda to‘zg‘igan sochli bu odam publitsist va Spectator nashrining noshiri edi. Uning siyosiy ko‘tarilishi biroz qiyinroq boshlandi. Jonson konservatorlar partiyasidan vakillar palatasiga deputat bo‘ldi, so‘ngra London meri va nihoyat tashqi ishlar vaziri bo‘ldi. Mana endi o‘zi aytganiday zaytunga aylanish imkoniyati paydo bo‘ldi.

    Torilar partiyasining 160 mingdan ko‘p vakili uni parlament rahbari etib sayladi. Bu esa, Britaniya qonunlariga ko‘ra, torilar parlamentda ko‘p ovozga ega bo‘lgani uchun unga bosh vazirlik maqomini beradi. U omadsiz Tereza Mey o‘rnini egallagach, Britaniyani Brexit’dan chiqarish bilan mashg‘ul bo‘ladi.

    G‘alati chiqishlar

    Jonson el qatori siyosatchilardan emas. Noodatiy chiqishlari uning tanilishida sezilarli rol o‘ynagan. Britaniyalik siyosatchilarni ham, chet ellik siyosatchilarni ham haqorat qilish – Boris Jonsonga xos xislat.

    Brexit borasidagi yolg‘on

    Boris Jonson Brexit bo‘yicha referendum arafasida Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqiga a’zoligi uchun haftasiga 350 million funt sterling to‘laydi, degan edi. Lekin ko‘p o‘tmay ma’lum bo‘ldiki, to‘lov qiymati anchagina past ekan. Bu ham yetmaganiday, London to‘langan pulning kattagina qismini qaytarib olar ekan. Natijada Statistika qo‘mitasi Jonson yolg‘oniga chiday olmadi va uni rasmiy statistikani yemirishda ayblab chiqdi.

    Yevropa ittifoqi Gitler kabi xavfli

    Brexit kampaniyasi vaqtida Jonson Yevropa komissiyasi prezidenti Jan Klod Yunkerni yolg‘onda aybladi. Uning fikricha, Yevropa Ittifoqi Napoleon va Gitler kabi butun Yevropa qit’asini bo‘ysundirib olmoqchi ekan.

    Afrika haqida haqoratomuz iqtiboslar

    London ulkan imperiyaga egalik qiladigan davrlar tushga aylandi. Afrikadagi ko‘p davlatlar Britaniya hamdo‘stligiga kiradi. Lekin Jonsonning ayrim luqmalari uni tarix zarvaraqlarida qolib ketgan shaxs sifatida namoyon etadi. 2002-yilda Telegraph nashrida qirolicha negrlar uni ko‘rgandagina tantana qiladi degan bema’ni gaplarni ham joylashtirgan edi. O‘shanda bosh vazir Toni Bler Afrika bo‘ylab sayohatga chiqqan kezlar edi. Jonsonning ehtiyotsiz gapi Blerga qanchalik qimmatga tushgani yolg‘iz Blergagina ayon.

    Merkel va Erdo‘g‘onga haqorat yog‘dirilishi

    Jonsonning nemis millatiga mansub ajdodlari ham bo‘lgan. Katta bobosi turk bo‘lib, Usmonlilar saltanatida vazir bo‘lgan. Bir chiqishida Jonson o‘zini turkman deb atagan ham edi. Lekin bu unga Merkel va Erdo‘g‘onga qarshi chiqishiga to‘sqinlik qilmadi. Merkel Yan Bemerman Erdo‘g‘onni masxara qilib yozgan she’ri bo‘yicha sud ishiga ruxsat berganini Jonson ko‘ngilni ozdiruvchi holat deb atagan. O‘zi esa Erdo‘g‘on va ikki echki haqida she’r yozgan.

    Trampga hujum

    Donald Tramp Londonni xavfli shahar deb ataganida Jonson uning bu iqtibosini “butkul aljirash” deb baholagan edi. Qo‘shimchasiga “Nyu-Yorkning ba’zi tumanlarida yurmaslikka harakat qilaman, chunki u yerda Trampni uchratib qolish xavfi bor” degan edi.

    Bosh vair Boris Jonsonda hali yuqoridagi kabi g‘ayriodatiy iqtiboslar nihoyatda ko‘p va yangilarining paydo bo‘lishi bizni uzoq kuttirmaydi.

    Yangi moliyaviy inqiroz yaqinmi?

    Foto: “RIA Novosti”

    Iqtisodiyotchilar yangi moliyaviy va iqtisodiy inqirozni bashorat qilmoqda, ammo kompaniya direktorlari bunga ishonmayapti, deb yozmoqda Atlantico nashri. Kim xato qilmoqda? Kim uzoqni ko‘ra olmayapti?

    Moliyaviy bashoratlar yomon natijalarni bermoqda, moliyaviy mutanosibliklar va narxlar jangovar tayyorgarlikda turibdi. Kelajakdagi moliyaviy kutilmalar yaxshi bo‘lishiga qaramasdan, moliyaviy bozorda narxlar sakrab turibdi.

    Tan olish kerak, siyosiy jihatdan butun sayyora bo‘ylab urush ruhi kezib yuribdi. Tramp Amerikasi Eron va Xitoy bilan janjallashib qolgan, Yaponiya va Janubiy Amerika bilan ham ilgarigi munosabatlar yo‘q. AQShning navbatdagi raqibi Germaniya ham bo‘lishi mumkin.

    Yevropada yangi bosh vazir Tereza Mey hukumati bir necha oylab bajara olmagan ishni qisqa fursatda hal qilishga va’da bermoqda. Boris Jonsonning “shafqatsiz” Brexit’i ijobiy yakunlanishi gumon ostida.

    Rossiyada Putin kimki yo‘lini to‘ssa, o‘sha bilan urushga kirishga tayyor.

    Neft masalasi ham noaniq. Arab dunyosida nima bo‘layotgani tushunarsiz, arablar daromadlarini himoya qilish bilan ovora bo‘lib, neft qazib chiqarishni ko‘paytirishni istashi bor gap. Bunga qanday erishmoqchi ular, noma’lum.

    Yevropa Ittifoqining qo‘hna demokratiyalari norozilarni qanday to‘xtatish yo‘llarini qidirmoqda. Lekin topolmayapti. Chunki “sariq nimachalar” va ular toifasidagi guruhlar nimani xohlamoqda, hech kim tushunmaydi.

    Iqtisodiyot misli ko‘rilmagan texnologik inqilobni boshidan kechirmoqda. Bu esa allaqachon ish o‘rinlarining qisqarishi, eski mijozlarning yo‘qolishiga olib kelgan. Ishsizlik muammosi anchadan beri og‘riqli bo‘lib kelayotgan edi.

    Bular 20 yil ichida sayyorani o‘zgartirib yuborgan global rivojlanish sur’atlarini pasaytirmoqda, chunki hind va xitoy iqtisodiy o‘sishi keskin pasaydi. Yevropa ham iqtisodiy pasayish davrini boshidan kechirmoqda.

    Shunga qaramay, yirik korporatsiya rahbarlari optimistik kayfiyatda. Ularning aksari, XIX asrda bo‘lganidek, yangi texnologiyalarga asoslangan yangi davr bo‘sag‘asida turibmiz deb ishonmoqda.

    Bu qarama-qarshi qarashlarning sabablari nimada?

    Birinchi sabab markaziy banklarning faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib, ular iqtisodiyotning turli sohalariga pul kiritishda davom etmoqda. Bundan moliyaviy spekulyantlargina emas, davlatning o‘zi ham foydalanmoqda. Davlat qarzlari, qisqa muddatga bo‘lsa-da, aholi farovonligiga xizmat qiladi.

    Ikkinchi sabab, ko‘pchilik avtarkiya olamiga qaytib bo‘lmaydi deb hisoblamoqda. Global faoliyat sekinlashishi mumkin, lekin uni to‘xtatib bo‘lmaydi. Chunki ishlab chiqarish zanjirlari bo‘lib tashlangan. Birgina avtomobil ishlab chiqarish misolida ko‘rsak, uning turli qismlari o‘ndan ortiq davlatlardan keltirib yig‘iladi. Bunday ishlab chiqarishni yana bir mamlakatga qaytarish o‘ta qiyin va keragi yo‘q harakat.

    Uchinchi sabab, eng oddiysi, dunyo bo‘ylab yoyilgan bozor raqobatiga muqobil yo‘qligidir. Ayni shu raqobat bozor mexanizmlarini harakatga keltiradi – xaridorlar, hissadorlar va ishchilarga real imkoniyat beradi.

    Kapitalizm himoyachilari kommunizm yoinki sotsializm demokratiyasiga tayana olmaydi.

    Sotsializm qulagach, kapitalizmning asosiy dushmani ekologiya bo‘lib qoldi. Ayni paytda ekologlar kapitalizm raqiblarini o‘z atrofiga yig‘ib, yangi dunyo qurish uchun kurash olib bormoqda.

    Sarmoya kirit, lekin tekshirib ol, yoxud Fransiya va Germaniyaning Rossiyaga munosabati

    AQSh va Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritganidan besh yil o‘tib, ayrim G‘arb davlatlari salbiy kayfiyatlarga qaramay, yuqoridagi shiorga amal qila boshladi, deb yozmoqda The Financial Times.

    Italiya va Vengriya Rossiyaga qarshi sanksiyalarni bekor qilishga chaqirayotgan bo‘lsa-da, amalda Germaniya va Fransiya hammadan ko‘ra ko‘proq Rossiya bilan biznes hamkorlikni yo‘lga qo‘yib olgan holda harakat qilmoqda.

    Germaniya tashqi savdo palatasi ma’lumotiga ko‘ra, o‘tgan yilning o‘zida nemis kompaniyalari Rossiyaga 3,3 milliard yevro sarmoya yotqizgan. Bu miqdor Moskva Qrimni qo‘shib olgan yildagi ko‘rsatkichdan-da ko‘pdir. Rossiya va Germaniya o‘rtasidagi yevro almashinuvi 8,8 foizga o‘sib, 61,9 milliard yevroni tashkil etmoqda.

    Xuddi shunday holat Fransiya misolida ham ko‘rinadi. Fransuz – rus mahsulot ayiraboshlashi 11 foizga o‘sib, 17 milliard yevroni tashkil qilgan. Ayni paytda fransuz kompaniyalarining Rossiyaga sarmoyasi hajmi 20 milliard yevroga yetgan.

    Engie, Uniper va Wintershall nemis – fransuz guruhlari AQSh sanksiyalar bilan po‘pisa qilayotgan bir vaziyatda Kreml nazoratidagi Shimoliy oqim-2 loyihasiga 950 million yevrodan sarmoya kiritgan.

    Biznes aloqalarining yaxshilanishi Berlin va Parij Moskva bilan munosabatlarda ikki xil yondashuvga qo’l urayotganidan dalolat.  Ikki g‘arbiy Yevropa davlati Rossiyani qattiq nazorat qilishga urinayotgan bo‘lsa-da, shu bilan bir paytda korporatsiyalar o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashga rag‘batlantirmoqda ham.

    Bundan Rossiya bilan savdodan zarar ko‘rayotgan davlatlar shikoyat qilmoqda.

    Fransuz va nemis kompaniyalarining Rossiya bilan biznes qilishga qiziqishi iqtisodiyoti tang ahvolda qolgan bu mamlakatga foyda keltirishiga shubha yo‘q. Buni yaxshi tushungan Putin Britaniyaga ham hamkorlik qilish borasida signallar yubormoqda.

    Ammo ko‘pchilik ruslarga haligacha ishonmaydi.

    Jahongir Ergashev tayyorladi.

    27.07.2019, 09:25   Izoh (0)   52703
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Xitoy janubidagi ko‘chki qurbonlari soni 22 kishiga yetdi

    26.07.2019, 17:36

    Afg‘onistondagi aviahujum oqibatida 50 nafar “Tolibon” jangarilar yo‘q qilindi

    26.07.2019, 16:40

    Tunisda muddatidan oldin prezident saylovlari o‘tkaziladi

    26.07.2019, 16:15

    “Bo‘yningni uzaman!”: Turkmaniston prezidenti o‘g‘lining boshqaruv uslublari haqida

    26.07.2019, 15:14

    Emomali Rahmon va Sooronbay Jeenbekov ikki davlat chegarasida uchrashdi

    26.07.2019, 14:52

    AQShda 16 nafar dengizchi odam savdosi va giyohvand moddalar kontrabandasida ayblanib qo‘lga olindi

    26.07.2019, 13:46
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    Chirchiqdagi yangi bog‘ - zamonaviy ko‘ngilochar va dam olish maskani ochildi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    Sistit — bu uyat emas!


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Yangiyo‘lda “Tomorqa maktabi” ochildi


    O‘zbekiston Milliy banki Xitoy yuani ayirboshlash xizmatini Toshkent shahri va poytaxt aeroportida yo‘lga qo‘ydi


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    Mastercard Digital Uzbekistan 5- xalqaro PLAS-Forumida qatnashdi

     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentda skuter haydovchisi Damas urib yuborishidan halok bo‘ldi

    O‘zbekiston | 3 iyun, 09:04

    “Fayzullayevni ijaraga berish kerak. Keyin qimmatga sotish mumkin” — “SSKA” sobiq futbolchisi

    Sport | 3 iyun, 09:02

    Juda ko‘p miqdorda firibgarlik qilgan o‘zbekistonlik AQSHdan ekstraditsiya qilindi

    O‘zbekiston | 3 iyun, 08:33

    Turkiyada salkam 6 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi (video)

    Dunyo | 3 iyun, 08:19

    34 yoshli ayol 24 soat ichida turnikda tortilish bo‘yicha Ginnes rekordini o‘rnatdi

    Dunyo | 3 iyun, 00:00

    “Tramp Putin va Zelenskiy bilan uchrashuvga tayyor” — Oq uy matbuot kotibi

    Dunyo | 2 iyun, 23:45

    “Ukraina o‘t ochishni to‘liq to‘xtatishni talab qilmoqda” — Vladimir Zelenskiy

    Dunyo | 2 iyun, 23:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.