Yakka kurash san’ati ustasi va Gollivud yulduzi Stiven Sigal rafiqasi Batsuxiyn Erdenetuyaa bilan Ozarbayjon poytaxti Bokuga tashrif buyurib, “Jara 2019” xalqaro festivalining mehmoni bo‘ldi, deb xabar beradi “Trend.az”.
“Emin (ozarbayjonlik xonanda) mening do‘stim va uning o‘z ona shahri Bokuga yana bir bor borish, Kaspiy dengizi bo‘yida dam olish va festival sahnasida chiqish taklifini mamnuniyat bilan qabul qildim. Ozarbayjonga yana tashrif buyurganimdan juda xursandman. Bokuda, shuningdek Haydar Aliyev markazida yakkaxon konsertda va o‘tgan yili “Jara”da sahnaga chiqdim. Boku dunyodagi eng yaxshi shaharlardan biri. Bu yerda yuqori darajadagi bag‘rikenglik, barcha dinlar va xalqlarga hurmat ko‘rsatiladi.“Jara” festivali yuqori saviyada tashkil etilgan, u dunyodagi eng yaxshi festivallardan biri va men yana bir bor ushbu sahnada chiqish qilayotganimdan mamnunman. Munosib qabul qilgani uchun barchaga minnatdorchilik bildiraman va Eminga yanada muvaffaqiyatlar tilab qolaman!” — dedi Stiven Sigal.
Izoh (0)