Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Samarqand tumanida Prezident Shavkat Mirziyoyev viloyat faollari, sektorlar rahbarlari, nuroniylar, fermer va tadbirkorlar bilan uchrashdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Prezident Matbuot xizmati

Foto: Prezident Matbuot xizmati

Davlatimiz rahbari mazkur viloyatga safardan asosiy maqsad turizmni rivojlantirish, tadbirkorlik va qayta ishlashni kengaytirish ekanini ta’kidladi. Xususan, Samarqand shahrini “turistik xab”ga aylantirish zarurligini aytib, Bosh vazir o‘rinbosari va viloyat hokimiga shu yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.

Tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha 23-iyulda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan tizim asosida ishlab, muhitni o‘zgartirish, tadbirkorlarga hamma sharoitni yaratib berish zarurligi qayd etildi.

Prezident hokimlar va sektorlar rahbarlari bilan suhbatlashib, har bir tuman iqtisodiyotini alohida muhokama qildi. Ularning takliflarini amalga oshirish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 29-may kuni 39 darajagacha issiq bo‘ladi
Sport
Lionel Messi Ronalduning rekordini yangiladi
Mahalliy
Qarshidagi kafelarning birida yong‘in sodir bo‘ldi