• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12621.29
    • RUB158.44
    • EUR14596.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Hafta ijtimoiy muammolari: Uniki oq, meniki esa oppoq

    “Daryo” kolumnisti an’anaviy ruknda o‘tgan haftada muhokama qilingan asosiy ijtimoiy masalalarga to‘xtalib o‘tadi.

    Hadik va jur’at haqida

    Bundan bir asrcha muqaddam yurtimiz uch xonlik qo‘l ostida edi. Bu xonliklarda hozirgiday ommaviy nashrlar bo‘lmagan. Bori ham muammoni yetti qavat to‘nga o‘rab, taxallus ostida chop etardi. Xon va turli davlat ishlarini egallagan qarindoshlarini tanqid qilish-ku, boshni kundaga qo‘yishdek edi. Biz o‘sha xonliklar fuqarolarining avlodimiz.

    Foto: Instagram / Otabek Umarov

    Triatlon federatsiyasi raisi Toshkent ko‘chalarida soatiga 201 kilometr tezlikda mashina haydashini hamma ko‘rdi, ammo ochiqdan-ochiq tanqid qilishga istihola qildi. Katta ehtimol bilan aytamizki, cho‘chidi. Jarima to‘lasin, deguvchilar ham sanoqli kishilarni tashkil qildi. Kim biladi deysiz, ertaga eshik taqillab qolsa-chi, bola-chaqa bor, tinch turaveraylik, bir marta tez haydasa haydabdi-da, yigit kishi tezlikni sevadi, qolaversa, birovni urib ketmagan bo‘lsa, tanqid qilib nima bor, o‘zi yomon yigitga o‘xshamaydi. Ammo bu ish qoidabuzarlik ekanligini deyarli hammamiz bilardik. Qonun oldida O‘zbekiston fuqarolari tengligini ham bilardik.

    Avvallari eski radioning pishillagan to‘lqinlari uzra “Ozodlik”, “Amerika ovozi”ni yashirincha tinglardik. Keyinroq proxy degan to‘siqbuzar paydo bo‘lgach, bildirmaygina “Fergana.ru”, BBC, CentrAsia kabi nashrlarni o‘qiy boshladik. Tunda brauzerning “inkognito” sahifasi orqali o‘qib o‘tirganimizda ko‘chada mashina ovozi kelsa sakrab tushardik: nimani o‘qiyotganimni sezib kelishdimikan? Afsuski, ichimizdagi hadik erkin fikrlashimiz va munosabat bildirishimizga hamon to‘siqlik qilmoqda. Hanuz jiddiy masalalarda hazilomuz yozishni afzal ko‘ramiz, chunki kinoyali fikrni turli talqin qilsa bo‘ladi-da.

    Ammo o‘tgan haftadagi voqea jamiyatimizning o‘nlab yillik qoliplarini sindirdi. Prezidentning kuyovi qoida buzgani uchun jarima to‘ladi. U ham inson, uni ham muhokama qilish mumkinligi va xatolardan xoli emasligi omma ko‘z oldida tan olindi. Jamoatchilik bosimi deysizmi yoki boshqacha talqin etasizmi – jarima to‘lagani fakt, kvitansiya turibdi. Endi jamoatchilik yanada faollashsa bo‘ladi. Vazirlar, prokurorlar, hokimlar va ularning yaqinlari qoida buzmaydimi? Buzishi mumkin, demak jazosini olishi shart. Chunki yaqqol pretsedent (o‘rnak bo‘larli hodisa) endi bor.

    Uzunquloq gaplarga ko‘ra hozir Londonda yashayotgan 25 yashar bir yigitcha ham ilgari Toshkent ko‘chalarida tez mashina haydagani uchun ikki kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan va, tabiiyki, hammasi bosti-bosti qilingan. Chunki o‘shanda jamoatchilikda hadik bor edi, jur’at esa yo‘q edi.

    Uniki oq, meniki esa oppoq

    Botir Xo‘jayev.

    Botir Xo‘jayev.
    Foto: “Kun.uz”

    Har hafta davlat amaldorlarimizdan qiziq-qiziq chiqishlar sodir bo‘ladi. Bu gal iqtisodiyot va sanoat vaziri Botir Xo‘jayevning navbati:

    “...Inflyatsiyaga kelsak, bizda inflyatsiya darajasi yuqori emas. To‘g‘ri, inflyatsiya yuqori, lekin bizdan ham yuqori davlatlar ham bor – masalan Venesuela...”

    Ajoyib o‘xshatish. Rivojlangan davlatlar bilan solishtirish o‘rniga, qattiq sanksiyalar ostidagi inqirozli va notinch Venesuela bilan taqqoslab vazir janoblari nima demoqchi? Hech yo‘q shulardan tuzukroqmiz-ku, eplab-seplab yashayver, demoqchimi? Bu qanday yondashuv bo‘ldi?

    Yomon kasal yuqumli bo‘ladi, deydilar. Keling, tasavvur qilamiz, ushbu mantiqdan kelib chiqsak, boshqa mansabdorlar qanday vaj-korsonlar keltirarkan?

    Bosh prokuror: Bizda korrupsiya darajasi yuqori emas. To‘g‘ri, korrupsiya yuqori, lekin bizdan ham korrupsiyalashgan davlatlar bor, masalan Somali.

    O‘FF prezidenti: Futbolchilarimiz a’lo o‘yin ko‘rsatmoqda. To‘g‘ri, darvozaga tepolmayapti, biroq tog‘ yonbag‘rida joylashgan Butan davlatini osongina yutadi.

    O‘zgidromet direktori: Havo qattiq isiyotgani yo‘q. To‘g‘ri, havo isiyapti, ammo Afrikachalik issiq emas.

    Sog‘liqni saqlash vaziri: Shifokorlarga katta maosh berilmoqda. To‘g‘ri, katta emas, biroq EKIH undan ancha kam.

    Ta’lim vaziri: Oliy ta’lim dargohlari ehtiyojimiz uchun yetarli. To‘g‘ri, kamchilik bor, ammo masalan Antarktidada bittayam ta’lim dargohi yo‘q.

    O‘MI rahbari: Diyorimizda masjidlar talaygina. To‘g‘ri, masjidlar ko‘p emas, ammo Tinch okeanida bittayam masjid yo‘q.

    Donolar donosi: Tush aslo o‘ng bo‘lmas, o‘ng aslo tush bo‘lmas, xullas hammasi bir go‘r.

    ...Endi esa vazir janoblarining “Mening gapimni kontekstdan uzib olib noto‘g‘ri talqin qilishdi. Aslida mundoq demoqchi edim” mazmunidagi chiqishini kutib qolamiz. Ishonavering, bu ham an’ana bo‘pqoldi.

    Sarvar usta

    Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin.

    Avvalgi hafta ijtimoiy muammolari:

    Afandi qo‘yiga ko‘zoynak taqqani haqida

    Boyga - doktor, kambag‘alga - duo

    Servantdagi “ognetushitel” va chakkaga taqilgan tish cho‘tkasi

    Yolg‘onchi blogerlar va eng arzon narsa

    Yordam bermang, o‘zim turaman

    Ichki ishlar xodimlari tushirgan qovunlar

    Silikon vodiysiga intilyapmizmi?

    Men o‘sha bozor buzuvchi hokimman

    Uydan chiqqan dinozavr haqida

    Men dardimni kimga aytaman…

    23.07.2019, 16:31   Izoh (0)   99324
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Donald Tramp psixikasida kognitiv muammolar bor — The Guardian

    Dunyo | 5 avgust, 23:15

    “Jaloliddin Masharipov uzoq muddatga safdan chiqdi” — manba

    Sport | 5 avgust, 23:05

    Qirg‘iziston iqtisodiy o‘sish bo‘yicha Markaziy Osiyoda yetakchiga aylandi

    Iqtisodiyot | 5 avgust, 23:05

    Bo‘stonliqdagi tog‘ga yuk mashinasida chiqindi to‘kkan fuqarolar jazolandi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 22:58

    Gulistondagi drama teatrida chiqqan yong‘in qariyb 1 soatda o‘chirildi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 22:45

    Mulkdorni 100 foiz rozi qilmaguncha hech qanday qurilish va buzish ishlari amalga oshirilmaydi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 20:58

    Avazada Markaziy Osiyo va Ozarbayjon milliy kunlariga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 22:31

    Eron MI6 ning maxfiy axborotidan ayirboshlash vositasi sifatida foydalanmoqchi

    Dunyo | 5 avgust, 22:30

    Superliga. “OKMK” mehmonda “Paxtakor”dan ustun keldi

    Sport | 5 avgust, 22:29
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.