Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida O‘zbekiston fuqarosi kaltaklanib, tunab ketildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekistonning Sankt-Peterburgdagi Bosh konsulxonasi ma’lumotiga ko‘ra, voqea 18-iyul kuni Frunze tumanida yuz bergan. Noma’lum shaxslar o‘zbekistonlik M.K.ni kaltaklab, pul va qimmatbaho buyumlarini olib ketgan.
Ushbu jinoyatni sodir qilishda gumon qilinayotgan 3 nafar Rossiya fuqarosi qo‘lga olingan. Jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov ishlari olib borilmoqda.
“Bosh konsulxona huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan aloqa o‘rnatgan va vaziyatni nazoratga olgan”, — deyiladi TIV xabarida
Izoh (0)