“Manchester Yunayted” hujumchisi Romelu Lukaku transferi borasida “Inter” bosh murabbiyi va klub rahbariyati o‘rtasida mojaro yuzaga keldi, deya xabar berdi Mirror.
Konte Xalqaro Chempionlar Kubogi boshlangunga qadar belgiyalik futbolchi bilan shartnoma imzolashga umid bog‘lamoqda.Qayd etish joiz, milanliklar 20-iyul kuni mazkur musobaqa doirasida “mankunianlar” bilan to‘qnash keladi. Konte bungacha jamoasini jangovar tarkibga aylantirmoqchi. Biroq “Inter” xo‘jayinlari “qizil iblislar” bilan transfer borasida kelisha olmayapti.
Ayni damda “Yunayted” Lukaku uchun 90 million funt talab qilmoqda. Milan klubi esa bonuslar bilan qo‘shib hisoblaganda 75 million to‘lashga tayyorligini bildirgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)