Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tuman Kengashi deputati, “Milliy tiklanish” partiyasidan bo‘lgan Kabul Dusov 16-iyul kuni O‘zbekiston Prezidentiga Xitoydagi uyg‘urlarni himoya qilishni so‘rab murojaat yo‘lladi. Bu haqda u o‘zining Facebook’dagi sahifasida yozib qoldirdi.

Foto: Facebook

Foto: Facebook

Repost’ning xabar berishicha, u o‘z murojaatida “Bizning rizqimizni Xitoy emas, Alloh beradi!”, — deb aytgan. Uning ta’kidlashicha, bir vaqtlar Turonning bir bo‘lagi, o‘zbek millatining bir parchasi bo‘lgan Uyg‘uriston hozir zulm iskanjasida. O‘zbek, qozoq, uyg‘urlardan tashkil topgan yurt va u yerdagi musulmonlar xo‘rlanmoqda. “Bu turkiyzabon millatlarning ota yurti O‘zbekistondir”, — degan u.

“Yurtimiz otasi janob Prezidentdan bir farzand sifatida iltimos qilaman. Sizning hukmdor bobolaringizdan me’ros bo‘lgan bu o‘lkaga, ya’ni Uyg‘uristonga siz janobi oliylari, moddiy emas, balki ma’naviy otaligingiz rad qilib bo‘lmaydigan haqiqatdir. Shuning uchun jim turgan butun musulmon davlatlari ichida tashabbusni o‘z qo‘lingizga olishingizga ishonchim komil! Bu ishda sizga Allohning o‘zi yor-u yordamchi bo‘lishi aniqdir!” — degan deputat.

Avvalroq deputat Kabul Dusov Facebook’dagi sahifasiga ayollar va bolalarning siyosatga aralashuvi mamlakat parokandaligiga olib kelishi haqida yozgandi.

Bunga javoban “Milliy tiklanish” Demokratik partiyasi markaziy kengashi raisi Alisher Qodirov o‘zining Facebook’dagi sahifasida uning bu fikriga o‘z munosabatini bildirgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Maktab o‘qituvchilariga “Open budget”da ovoz to‘plash bo‘yicha topshiriq berilayotgani aytilmoqda 
Turkmaniston
Ashxobod tajribasi: odamlar zilziladan emas, balki binolar tufayli halok bo‘ladi
Dunyo
“Tolibon” opium savdosidan olinadigan soliqni bekor qildi. Narkotik modda uchun qancha soliq to‘langan?