Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Tottenhem” Singapurda bo‘lib o‘tadigan mavsumoldi yig‘inida ishtirok etuvchi futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi. Bu haqda klubning rasmiy saytida xabar berildi.

Foto: Google Images

Foto: Google Images

Mazkur ro‘yxatdan himoyachi Denni Rouz, yarim himoyachi Jorj-Kevin Nkudu hamda hujumchi Vinsent Yanssen o‘rin olmagan. London klubining ta’kidlashicha, o‘yinchilar o‘ziga yangi jamoa qidirmoqda.

Himoyachilar Serj Orye va Davinson Sanches, shu bilan birga yarim himoyachi Viktor Vanyama kelasi hafta terma jamoa safidan qaytib kelganidan so‘ng mavsumoldi mashg‘ulotlarni boshlab yuboradi.

Yarim himoyachi Erik Dayer hamda himoyachilar Ben Devis va Kemeron Karter-Vikers esa klub mashg‘ulotlar bazasida jarohatidan forig‘ bo‘ladi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiya va Suriyadagi zilzila nega halokatli oqibatlarga olib keldi?
Mahalliy
“Qardoshlarimizga hamdardmiz”. O‘zbek jamoatchiligi Turkiyadagi zilzilaga munosabat bildirdi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruv bo‘yicha qarorni imzoladi