Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“O‘zbekiston pochtasi” AJning Samarqanddagi filiali xodimlari moliyaviy firibgarlik ishlari bilan shug‘ullangani ma’lum bo‘ldi. Ular to‘qqiz oy davomida 575 million so‘mni o‘zlashtirishga ulgurgan, deb xabar beradi “Jahon.uz”.

Foto: “Jahon.uz”

Foto: “Jahon.uz”

Aziza Haqberdiyeva, Anora Rajabova va Lola Hamidova aliment va pul o‘tkazmalari bilan shug‘ullangan. 2018-yilning 1-yanvaridan 25-sentabriga qadar ularning filiali orqali 3 milliard 138 million so‘m o‘tkazilgan bo‘lib, xodimlar pullarning ma’lum bir qismini o‘zlashtirib olgan.

Samarqand viloyati prokuraturasi ayollarga nisbatan jinoyat ishi ochdi. Sud qaroriga ko‘ra ular Jinoyat kodeksining 167- (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-(Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Aziza Haberdiyeva va Anora Rajabova 5 yil-u 2 oy muddatga, Lola Hamidova esa 5 yil-u 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Shuningdek, ular “O‘zbekiston pochtasi” filialiga yetkazilgan 575 million so‘m zararni ham qoblab berishi kerak.

Bundan tashqari mazkur filialning yana uch nafar xodimi firibgarlikka aloqador bo‘lib, moliyaviy jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topildi va ularga nisbatan tegishli jazo tayinlandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Mahalliy
Markaziy bank raisining kripto-aktivlar bo‘yicha ma’lumoti rad etildi