Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18-iyul kuni Sirdaryo viloyati Xovos tumaniga tashrif buyurdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Prezident Matbuot xizmati

Foto: Prezident Matbuot xizmati

Bu davlat rahbarining joriy yilda tumanga ikkinchi bor kelishi. 19-fevral kungi tashrifi chog‘ida Xovos shaharchasining yangi markazini bunyod etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan edi. Shunga muvofiq, bu yerda 30 ta besh qavatli uy qurilmoqda. Ularda ikki va uch xonali 760 ta kvartira bo‘lib, shundan 600 tasi arzon uylardir.

Yangi shaharchada mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari binolari, ta’lim va madaniyat maskanlari, savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari barpo etilmoqda.

Xovosliklar yaqin-yaqingacha zax yerlarda, eski uylarda yashab kelardi. Zamonaviy infratuzilmaga ega yangi turar joylar aholining ijtimoiy sharoitlarini yaxshilab, hayot sifatini oshiradi.

Prezident qurilishda ishlatilayotgan materiallarning narxi va sifati bilan qiziqdi. Mahalliylashtirish darajasini oshirib, ularning narxini yanada tushirish choralarini ko‘rish kerakligini ta’kidladi. Urbanizatsiya nuqtai nazaridan tuman kelajagini bugundan o‘ylash, zarur joylarga kommunikatsiya tarmoqlari tortish, aholini ish bilan ta’minlash va bo‘shagan yerlardan samarali foydalanish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Shu yerda Sirdaryo viloyatida ichimlik suvi tarmoqlarini yaxshilash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi. Keyingi yillarda 1 ming 164 kilometr suv quvurlari, 57 ta suv tarqatish stansiyasi va boshqa inshootlar qurilgani qayd etildi. Shu va galdagi ishlar natijasida 2020-yil boshida viloyat aholisining ichimlik suvi bilan ta’minlanishi 88 foizdan oshadi.

Davlat rahbari tuman markazidagi aholining turmush sharoitlarini ko‘zdan kechirdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Tez yordam mashinasi 5 yilda ikki baravarga ko‘paydi, bitta chaqiruv dorisi 640 so‘mdan 7,5 ming so‘mga oshdi”. “Daryo” tibbiyotdagi o‘zgarishlarni Namangan viloy...
Sport
Bundesliga. “Borussiya D” o‘z maydonida raqibini tor-mor etdi 
Shou-biznes
Instagram: Aeroportda dabdaba bilan kutib olingan Liil Xurramov, qo‘shiq kuylagan Abduhoshim Ismoilov, yangi raqqosalarni kashf etayotgan Yulduz Usmonova