Gonkongda masofadan boshqariluvchi qutqaruv qurilma — Dolphin 1 roboti yaratildi, deb xabar bermoqda TJournal. U doska ko‘rinishida ishlangan bo‘lib, odamlar bemalol ushlab olishi mumkin.
Qutqaruv robotining tezligi soatiga 15 kilometrni tashkil etadi va oddiy pult yordamida boshqariladi. U cho‘kayotganlarga odamlarga qaraganda tezroq yetib boradi.
Yordam ovozini eshitgan qutqaruvchilar robotni suvga tashlaydilar, xolos. U hatto kechasi yoki kuchli to‘lqin bo‘lganda ham ishlaydi.
Izoh (0)