Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Germaniyaning “Dessauer-97” klubi (mamlakat chempionatining 6-divizion vakili) 30 yoshli yarim himoyachisi Shtefan Haberman 16-iyul, seshanba kuni mashg‘ulotlar vaqtida olamdan o‘tdi. Bu haqda klubning rasmiy saytida xabar berildi.

Foto: Google Images

Foto: Google Images
O‘lim holati sabablari ochiqlanganicha yo‘q. Faqatgina o‘yinchining mashg‘ulotlar vaqtida ahvoli yomonlashgani haqida ma’lumot bor.

“Juda ham og‘ir judolik. So‘z bilan ta’riflab bo‘lmaydi. Shtefanning oila a’zolariga hamda yaqinlariga o‘zimizning chuqur hamdardligimizni izhor etamiz. Biz uni ham inson sifatida, ham futbolchi sifatida uzoq yillar yodda saqlaymiz.

Biz har doim sen haqingda faqat yaxshi narsalarni eslab qolamiz”, — deyiladi klub matbuot xizmati bergan xabarda.

Ma’lumot uchun, Haberman 2010-yildan buyon “Dessauer” sharafini himoya qilib kelayotgandi. Shu vaqtga qadar u klub safida 253 ta uchrashuvda maydonga tushib, 21 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Tata Steel Chess 2023. Nodirbek Abdusattorov amerikalik raqibi bilan durang o‘ynadi va hamon musobaqa peshqadami bo‘lib turibdi. Javohir Sindorovda ham durang
Mahalliy
Surxondaryodan topilgan ayiq bolasi zooparkka topshirildi
Mahalliy
O‘zbek tili darsligida musiqa asboblari nomi xato yozilgani aytildi (video)