Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Iyul oyining o‘tgan davrida Samarqand viloyatida jami 3 nafar fuqaro cho‘milish belgilanmagan joylarda ehtiyotsizligi oqibatida suvda cho‘kib ketgan. Jumladan, 5-iyul kuni Ishtixon tumani “Toytuyoq” mahallasida yashagan Z.F. Oqdaryo daryosiga, 7-iyul kuni Narpay tumani “Turon” mahallasida yashagan X.K. Zarafshon daryosiga va 11-iyul kuni Kattaqo‘rg‘on tumani “Do‘stlik” mahallasida yashagan K.X. Oqdaryo daryosiga ehtiyotsizligi oqibatida cho‘kib ketgan. Cho‘milish mavsumi boshlangandan buyon 11 marotaba cho‘kish bilan bog‘liq baxtsiz hodisa ro‘y bergan. Bu haqda “Daryo”ga Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lum qildi.

Foto: Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi

Foto: Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi

Fuqarolarning belgilanmagan va taqiqlangan joylarda cho‘milishining oldini olish maqsadida Samarqand viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi viloyat hududidagi ochiq suv havzalari atrofidagi mahallalarda aholi o‘rtasida tushuntirish-targ‘ibot ishlari olib bormoqda. Xususan, shu yil mavsum boshidan buyon viloyatda shu mavzuda jami 17 ta seminar o‘tkazilib, aholi o‘rtasida 517 marotaba suhbat tashkil etilgan. Ularda jami 12 714 nafar fuqaro qamrab olingan.

Foto: Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi

Foto: Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi

Bundan tashqari, Zarafshon, Qoradaryo, Oqdaryo daryolari, Darg‘om, Shahob, Tuyatortar, Narpay kanallari, Kattaqo‘rg‘on, Oqdaryo va To‘sinsoy suv omborlari, Yangiariq va Ohalik ariqlarida nazorat-reyd tadbirlari o‘tkazilib, xavfli joylarga 500 tadan ortiq “Cho‘milish taqiqlanadi” belgilari o‘rnatilgan. Bozorlar, istirohat bog‘lari hamda aholi gavjum to‘planadigan obyektlarda ruxsat etilmagan joylarga cho‘milmaslikni targ‘ib etuvchi 300 ga yaqin banner o‘rnatildi.

Foto: Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi

Foto: Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi

Samarqand viloyati Favqulotda vaziyatlar boshqarmasi cho‘milishdagi ko‘ngilsizliklarning oldini olish maqsadida fuqarolardan yozning jazirama issiq kunlarida ehtiyotkorlikni yanada oshirish, faqatgina belgilangan suv havzalarida cho‘milish, cho‘milish ruxsat etilmagan suv havzalarida cho‘milmaslik, suv havzalari atrofida o‘rnatilgan belgilariga rioya etish va yosh, voyaga yetmagan bolalarni ota-onalarning nazoratisiz qoldirilmaslik lozimligini bildirgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Aholining valyuta ayirboshlashga yoʻnaltirgan pul mablagʻlari hajmi 68 foizga oʻsdi — Markaziy bank
Mahalliy
Samarqandda 2 kishi ovqatdan zaharlanib vafot etdi
Mahalliy
Toshkentda avtobusning yurgan masofasiga qarab to‘lov qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi