Samarqand shahri ko‘chalarida o‘ydim-chuqur joylar juda ko‘p. Notekis ko‘chalar yo‘l-transport hodisalariga ham sabab bo‘lmoqda. Yo‘ldagi noqulayliklarni kamaytirish maqsadida shahar aholisi birgalikda ayrim yo‘llarni “yamab” chiqdi, deb xabar beradi ZarNews.
“Samarqand shahridagi Sartepa maskani va Mikrorayon hududi ko‘chalaridagi kengayib ketgan chuqurlarni tekisladik. Shahar aholisiga ozgina foydamiz tegishini xohladik”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)