Namangan viloyatining Chust tumanida 42 yoshli A.R. Nexia’ni Shoxidon mahalla hududidan o‘tuvchi Farg‘ona halqa yo‘lida haydab ketayotib, qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan 30 yoshli R.A. boshqaruvidagi Captiva bilan to‘qnashdi.
IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, hodisa 16-iyul kuni soat 10:00 larda sodir bo‘lgan.
Natijada Nexia haydovchisi va uning yo‘lovchi sifatida ketayotgan 36 yoshli ukasi A.R. jarohat olib, voqea joyida vafot etgan, yana bir yo‘lovchi 37 yoshli T.R. ismli ayol kasalxonaga yotqizilgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)