Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-maydagi PQ-4335-son “Qurilish materiallari sanoatini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilinishi bilan mahalliy va xorijiy investorlarga respublikamizda import o‘rnini bosuvchi va eksportbop qurilish materiallarini ishlab chiqarish yo‘nalishlaridagi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha yanada qulay shart-sharoitlar yaratildi.

Xususan, loyihalarni amalga oshirishda 2019-yil 1-iyuldan boshlab quyidagi imtiyozlar berildi:

1) mahalliy qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilarning eksport qilinayotgan mahsulotlarini sertifikatlashtirish bo‘yicha xarajatlari “O‘zstandart” agentligining asoslantirilgan hisob-kitoblariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining Eksportni rivojlantirish agentligi tomonidan qoplanadi;

2) tadbirkorlik subyektlarining soliqqa tortish bazasi besh yil davomida teng ulushlarda noruda foydali qazilma boyliklari konlarini o‘zlashtirish uchun zarur bo‘ladigan muhandislik-kommunikatsiya va transport infratuzilmasini qurish xarajatlari miqdoriga, biroq O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi va Transport vazirligi tomonidan belgilanadigan normativlarga muvofiq hisoblanadigan summadan ortiq bo‘lmagan miqdorga kamaytiriladi;

3) tegishli sinovlardan o‘tgan va belgilangan tartibda muvofiqlik sertifikati berilgan qurilish materiallari qurilish ishlarida qo‘llanilishi mumkin;

4) texnogen mineral hosilalarning turi yoki ko‘rinishi, ularning miqdor va sifat ko‘rsatkichlari hamda ularni saqlashning kon-texnikaviy shart-sharoitlarini tavsiflovchi ma’lumotlar tadbirkorlik subyektlariga ularning so‘roviga asosan bepul taqdim etiladi;

5) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan loyiha tashabbuskorining tanloviga asosan kredit foizining bir qismi qoplanadi yoki kredit uchun garov ta’minotiga 8 mlrd. so‘mgacha kafillik beriladi.

Jumladan, kredit summasidan qat’iy nazar qurilish materiallari sanoati sohasida investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun 2022-yil 1-iyulga qadar jalb qilinadigan tijorat banklarining milliy valyutadagi kreditlari bo‘yicha foiz xarajatlari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan oshgan miqdorida, biroq 10 foizlik punktdan oshmagan miqdorda, shuningdek, xorijiy valyutadagi kreditlari bo‘yicha foiz xarajatlari tijorat banklari tomonidan belgilangan stavkaning 40 foizi miqdorida, biroq 4 foizlik punktdan oshmagan miqdorda qoplanadi.Misol uchun,

* Izoh: - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 8-sentabrdagi 704-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 36-bandiga muvofiq milliy valyutada qayta moliyalashtirish stavkasining (bugungi kunda 16%) 1,5 barobaridan oshmaydigan (24) foiz stavkasida kreditlar ajratadigan tijorat banklari jamg‘armaning kompensatsiyalarini oluvchilar hisoblanadilar.

Agar ushbu loyihalar tashabbuskorlarida kredit uchun garov ta’minotida yetishmovchilik bo‘lsa, ular yuqorida ko‘rsatilgan kredit foizini qoplab berish bo‘yicha imtiyozning o‘rniga tijorat banklarining kreditlari bo‘yicha kredit summasining 50 foizigacha, biroq 8 mlrd. so‘mdan oshmagan miqdorda Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasining kafilligini olishlari mumkin.

Qarorga muvofiq loyihalar import orqali keltiriladigan asbob-uskunalar, xomashyo, materiallar va butlovchi qismlar sotib olish uchun, biroq loyiha qiymatining 70 foizidan oshmagan miqdorda tijorat banklari tomonidan jalb qilingan xorijiy kredit liniyalari hisobidan moliyalashtiriladi.

Kredit foiz stavkasi jalb qilingan xorijiy kredit liniyasi narxidan kelib chiqqan holda belgilanadi.

Xorijiy moliya institutlari va banklarning uzoq muddatli imtiyozli kreditlari orqali 2019—2021-yillarda qurilish materiallari sanoati sohasida amalga oshiriladigan istiqbolli loyihalarning yo‘nalishlari:

Shu bilan birga, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi a’zo bo‘lgan qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalarga quyidagi xizmatlarni ko‘rsatadi:

— davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida uyushma a’zolari manfaatlarini ifoda etish va himoya qilishni ta’minlash;

— yuqori qo‘shilgan qiymatli qurilish mahsulotlarini ishlab chiqarish, korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, shuningdek, ixtisoslashgan yetakchi xorijiy kompaniyalar bilan qo‘shma ishlab chiqarishlarni tashkil etish bo‘yicha yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni o‘zlashtirish uchun investitsiyalar, birinchi navbatda, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kreditlarlarni keng jalb etish;

— talab etilayotgan sifatli mahsulot ishlab chiqarish turlarini kengaytirish, ichki bozorni import o‘rnini bosuvchi va raqobatbardosh qurilish materiallari hamda mahalliy ishlab chiqarilgan buyumlar bilan to‘ldirish, shuningdek, tarmoqning eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha uyushma a’zolari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash;

— hududlarning salohiyatini yanada rivojlantirish istiqbollaridan, xomashyo bazasi, infratuzilmalar, mehnat va boshqa resurslar hamda bozorlarning mavjudligidan kelib chiqqan holda korxonalarni joylashtirishga ko‘maklashish.

Shuningdek “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi va uning qoshidagi ixtisoslashgan korxonalar bilan birgalikda:

- tashqi va ichki bozorni o‘rgangan holda ishlab chiqarilayotgan tovarlarni sotishda zarur bo‘lgan tahliliy axborotlar bilan ta’minlash;

- ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning ichki va tashqi bozorlarda sotilishini ta’minlash uchun respublikada va xorijda qurilish materiallarining ko‘rgazmalarini tashkil etish;

- tadbirkorlarning buyurtmalariga ko‘ra mavjud noruda qazilma boyliklari to‘g‘risida axborot berish, geologiya-qidiruv ishlariga hamda sanoat usulida foydalanishga litsenziya olish uchun me’yoriy-texnik hujjatlar to‘plamini tayyorlash, istiqbolli maydonlarda geologiya-qidiruv ishlarini olib borish;

- loyihalarning smeta hujjatlarini ishlab chiqish, texnik iqtisodiy asoslanmalarni tayyorlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadi va ko‘maklashadi.

Sizda qayd etib o‘tilgan qurilish materiallari ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha aniq rejalaringiz bo‘lsa, bizga murojaat qiling!

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining telefon raqamlari:

+998 71 252 20 82, +998 71 255 55 86 (investitsiya loyihalari bo‘yicha);

+ 998 71 281 46 59 (eksport va import masalalari bo‘yicha);

+ 998 71 254 92 00, 71 254 92 01 (loyihaviy-smeta hujjatlari, texnikaviy-iqtisodiy asoslanmalar ishlab chiqish masalalari bo‘yicha)

+ 998 71 255 52 91, 71 255 55 95 (ishlab chiqarish masalalari bo‘yicha)

+ 998 71 255 55 92 (noruda konlaridan foydalanish masalalari bo‘yicha)

Manzil:

Toshkent shahri, Tafakkur ko‘chasi, 68a-uy.

Elektron pochta: info@uzsm.uz, rasmiy veb-sayt www.uzsm.uz

AT “O‘zsanoatqurilishbank” bosh ofisi va filiallari (kredit ajratish masalalari bo‘yicha asosiy hamkor bank):

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi va ATB “O‘zsanoatqurilishbank” sizning doimiy va ishonchli hamkoringizdir!

Reklama huquqi asosida.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ikki davlatga ID karta orqali o‘tishi mumkin bo‘ladi
Mahalliy
Hokimiyat xodimlarini ovqatlantirishga 1,3 milliard so‘m, talabalar uchun Dubayga sayohat, “tushunmasdan” lotni yutib qo‘ygan tadbirkor — 27-yanvardagi qiziqarli t...
Dunyo
Sayfullo Soipov 2017-yil Nyu-Yorkda yuz bergan teraktda aybdor deb topildi. U o‘limga hukm qilinishi mumkin