2019-yilning 5-iyul kun O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Belarus Respublikasi Hukumati o‘rtasida 2018-yil 13-sentabr kuni imzolangan o‘zaro savdoga ko‘maklashish tizimi to‘g‘risidagi Bitim kuchga kirdi, deb xabar qiladi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi.
Hujjatda o‘zaro savdoga ko‘maklashish tizimini rivojlantirishni ta’minlash, tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari uchun qulay sharoitlar yaratish, hujjatlarni rasmiylashtirishda ustuvorlik berish va bojxona rasmiyatchiliklarini soddalashtirish ko‘zda tutiladi.
Izoh (0)