• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Fotoreportaj: Qishda 10 kunlab dunyodan uzilib qoladigan Shahrisabzdagi Ko‘l qishlog‘ida bir kun

    “Daryo” internet-nashrida joriy yilning yanvar oyida Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanidagi Ko‘l qishlog‘ida 2 metr qor yog‘ishi natijasida qishloq aholisining 10 kun tuman markazidan uzilib qolgani xususida hikoya qilgandik.

    Ko‘l qishlog‘i.

    Ko‘l qishlog‘i.
    Foto: “Daryo”

    “Daryo” muxbiri Otabek Qo‘ldoshev yoz faslining ayni jazirama kunlarida yana bir bor Ko‘l qishlog‘ida bo‘lib, qishloq ahlining yozdagi turmush tarzi va joriy yilgi qish mavsumiga tayyorgarligi bilan qiziqdi.

    Foto: “Daryo”

    Shahrisabzning Ko‘l qishlog‘i tuman markazidan 84 kilometr uzoqlikda joylashgan bo‘lsa-da, qishda qor sabab yozda esa yo‘lning sifatsizligi bois manzilgacha bo‘lgan yo‘lni 3 soatda bosib o‘tish mumkin. O‘sha kungi kuzatuvlarimizga ko‘ra, qishloqqa yo‘l olgan kishi borki, Hisorak qishlog‘idan so‘ng “Niva” yoki “UAZ” rusumli avtomobillar xizmatiga ehtiyoj sezadi. Boisi, yo‘l talabga javob bermaydi. Hamonki yo‘lda jarliklarning qulashi, tosh yumalashi kabi xavf-xatarlar mavjud. Avtomobillar xizmati hali hamon baland narxda. Bizni Hisorak qishlog‘idan Ko‘l qishlog‘igacha bo‘lgan manzilga eltgan “Niva” haydovchisi 20 kilometrlik masofaga 140 ming so‘m xizmat haqi oldi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Ko‘l qishlog‘iga yetgunga qadar bo‘lgan manzilda joylashgan Hisorak suv ombori ayni kunda o‘zgacha qiyofa kasb etgan. Mahalliy aholi bergan ma’lumotga ko‘ra, uzunligi qariyb 4 kilometr masofani tashkil etuvchi mazkur suv ombori Sharof Rashidov davrida qurib bitkazilgan bo‘lib, chuqurligi 138 metrni tashkil etadi.

    Hisorak suv ombori.

    Hisorak suv ombori.
    Foto: “Daryo”

    Hisorak suv ombori.

    Hisorak suv ombori.
    Foto: “Daryo”

    Hisorak suv ombori.

    Hisorak suv ombori.
    Foto: “Daryo”

    Hisorak suv ombori.

    Hisorak suv ombori.
    Foto: “Daryo”

    Hisorak suv ombori.

    Hisorak suv ombori.
    Foto: “Daryo”

    Hisorak suv ombori.

    Hisorak suv ombori.
    Foto: “Daryo”

    Ko‘l qishloq fuqarolar yig‘ini raisi Ismoil Boboyevning “Daryo” muxbiriga ma’lum qilishicha, Ko‘l qishlog‘i Hojiak va Hazrati Sulton tog‘lari o‘rtasida joylashgan bo‘lib, ilgari ko‘l bo‘lgan. Qishloq nomi shuning uchun ham Ko‘l deb nomlangan. Hazrati Sulton ziyoratgohi Ko‘l qishlog‘idan 18 kilometr masofada bo‘lib, dengiz sathidan 4646 metr balandlikda joylashgan. Tog‘ bag‘rida hali-hamon oppoq qor bor.

    Ko‘l qishlog‘ining yuqoridan ko‘rinishi.

    Ko‘l qishlog‘ining yuqoridan ko‘rinishi.
    Foto: “Daryo”

    Ko‘l qishlog‘ining yuqoridan ko‘rinishi.

    Ko‘l qishlog‘ining yuqoridan ko‘rinishi.
    Foto: “Daryo”

    Hojiak tog‘i.

    Hojiak tog‘i.
    Foto: “Daryo”

    Hazrati Sultong tog‘i.

    Hazrati Sultong tog‘i.
    Foto: “Daryo”

    Qishloq tabiatining yam-yashilligi kishida Ko‘lda xuddiki endigina bahor kelgandek taassurot uyg‘otadi. Haligacha sarg‘ayishga ulgurmagan o‘t-o‘lanlar, daraxtdagi dovuchchalar, endi pishayotgan olchalar kishini chalg‘itishi tabiiy. Ajablanarlisi, bug‘doy endigina boshoqqa o‘tirgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    1300 nafardan ortiq aholi istiqomat qiluvchi ushbu qishloq ahlining asosiy daromadi kartoshkadan. Ayni kunda dalada ish qizg‘in. Kartoshka begona o‘tlardan tozalanmoqda. Hayratlanarlisi, xalq rizqi bo‘lmish kartoshka hatto toshlar orasidan ham bo‘y cho‘zib, hosil berishga shaylangan. Ayollar dala ishlari bilan band.

    Toshlar orasida ko‘kargan kartoshka.

    Toshlar orasida ko‘kargan kartoshka.
    Foto: “Daryo”

    Kartoshka dalasida ishlayotgan ayol.

    Kartoshka dalasida ishlayotgan ayol.
    Foto: “Daryo”

    Tong azonlab non yopayotgan onaxon, sal narida esa gilam to‘qiyotgan ayollarni ko‘rib, ularni suhbatga chorladik. 70 yoshli Navro‘z momo Xolovaning ma’lumot berishicha, qishloq ahli deyarli bozordan gilam sotib olmaydi. O‘zlari qo‘l mehnati bilan gilam to‘qib, ehtiyojini qondiradi. To‘quvchi ayollar 8 metrlik gilamni 8 kunda to‘qiydi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Navro‘z momo.

    Navro‘z momo.
    Foto: “Daryo”

    Ko‘lda qish fasli 9 oy davom etadi. Shuning uchun ham qishloq ahli hozirdan qish mavsumiga tayyorgarlikni boshlab yuborgan. Qishda pechda yoqish uchun o‘tin hamda mol tezagini tayyorlashga kirishgan.

    Qishga tayyorgarlik.

    Qishga tayyorgarlik.
    Foto: “Daryo”

    Qishga tayyorgarlik.

    Qishga tayyorgarlik.
    Foto: “Daryo”

    Qishga tayyorgarlik.

    Qishga tayyorgarlik.
    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Qishloqda Qudratilla Haqberdiyevning ota-bobolaridan qolgan tosh tegirmon ham mavjud bo‘lib, tegirmon yoshi 300 yillik tarixga borib taqaladi. Qishloq ahli yetishtirgan g‘allasini ushbu tegirmonda yanchadi. Tegirmonchi Qudratilla Haqberdiyevning ma’lumot berishicha, tegirmon soatiga 40 kilogramm bug‘doy yanchib oppoq un tayyorlaydi. Tegirmon toshi suv yordamida harakatga keltiriladi. Tosh tegirmonning o‘ziga xos jihati toshi sekin aylansa oppoq un, tez aylansa yem ishlab chiqarar ekan.

    300 yillik tarixga ega tosh tegirmon.

    300 yillik tarixga ega tosh tegirmon.
    Foto: “Daryo”

    300 yillik tarixga ega tosh tegirmon.

    300 yillik tarixga ega tosh tegirmon.
    Foto: “Daryo”

    Kezi kelganda shuni alohida ta’kidlash lozimki, o‘tgan safargi maqolamizda qish mavsumida aholining 10 kunlab tuman markazidan uzilib qolishi, haftalab elektr toki bo‘lmasligi kabi muammolar, shuningdek qishloqda joylashgan Oilaviy poliklinika sharoitlarining talab darajasida emasligi xususida to‘xtalgan edik. Ming taassufki, hali hamon hech narsa o‘zgarmagan. Nazarimizda bu yilgi qish mavsumida ham aholi yana o‘sha eski buldozerga ehtiyoj sezadi. Buldozer ishlasa, albatta. Yana o‘sha QOP sharoitlarining talabga javob bermasligi qishloq ahlining sifatli tibbiy xizmatdan bebahra qolishiga sabab bo‘ladi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    QFY raisi Ismoil Boboyevning qo‘shimcha qilishicha, yaqinda viloyat hokimi Zafar Ro‘ziyev qishloq aholisining turmush sharoiti bilan yaqindan tanishib, ko‘lliklar bilan muloqot o‘tkazgan. Muloqotda qishda qorni tozalash uchun talabga javob beradigan texnikaga ehtiyoj borligi, qishloq oilaviy poliklinikasining talabga javob bermasligi va QFY uchun bino zarurligi xususida gap borgan. Ammo negadir yangi texnika qishda metrlab qor tushadigan Ko‘lga emas, boshqa qishloqqa berib yuborilgan. Sababi ko‘chki tozalash deb aytilgan. Qolaversa, QFY uchun yangi bino qurish ishlari ham o‘lda-jo‘lda.

    Ismoil Boboyev.

    Ismoil Boboyev.
    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Shahrisabzning Ko‘l qishlog‘ida bo‘lib, aholi bilan muloqotdan ko‘zlangan maqsad ko‘lliklarning go‘zal manzarali tabiatini ko‘rsatish va dastlabki maqolamizda tilga olingan kamchiliklarning ijobiy ro‘yobi haqida so‘z yuritish edi. Ammo ming taassuflar bo‘lsinki, tilga olingan muammolarning hali-hamon yechimsiz turgani joriy qish mavsumida ham ko‘lliklarning 10 kunlab dunyodan uzilib qolishidan darak bermayaptimikin? Mas’ullar qishgacha ushbu holatga jim qarab turishmas degan umiddamiz.

    15.07.2019, 11:30   Izoh (0)   129624
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Bir qator universitetlarning Harbiy o‘quv fakulteti kursantlari qasamyod qabul qildi (foto)

    15.07.2019, 10:40

    Qo‘shrabotda ayol erining jazmaniga 7 marotaba pichoq urdi

    15.07.2019, 10:07

    Temiryo‘l monopolisti tadbirkorga o‘z xizmatlarini o‘tkazishga harakat qilgani aniqlandi

    15.07.2019, 09:33

    O‘zbekiston BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi a’zoligiga saylanish uchun nomzodini ilgari surmoqda

    15.07.2019, 09:10

    O‘zbekistonda OTMlarga hujjat topshirgan abituriyentlar soni 1 mln kishiga yaqinlashdi

    15.07.2019, 08:30

    “Dorixona narkotiklari” alohida ro‘yxatga kiritiladi

    15.07.2019, 08:14
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25

    Go‘sht yeyuvchi bakteriya AQSH plyajlarini egallab oldi

    Dunyo | 23 avgust, 10:00

    O‘zbekistonda nechta oila borligi ochiqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 09:40

    AQSH hukumati Intel kampaniyasining 10 foiz ulushini sotib oldi

    Dunyo | 23 avgust, 09:10

    Ularning ko‘pchiligi oramizda yo‘q: “I operatsiyasi” aktyorlari yillar davomida qanchalik o‘zgargan?

    Kino | 23 avgust, 09:00

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.